29-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
“Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlik va mintaqaviy sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan”, — deyiladi xabarda.
Davlat rahbarlari Turkmaniston yetakchisining otasi Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.
Avvalroq Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)