So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

    24.02.2021, 19:51 33646

    Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi, deya xabar qilmoqda Prezident matbuot xizmati.

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov (arxiv).

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov (arxiv).
    Kadr: YouTube

    Maktub matni quyida to‘lig‘icha taqdim etiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Aziz qardoshim!

    Mening nomimga yo‘llangan, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi an’anaviy qardoshlik aloqalari chuqur tahlil qilinib, mamlakatlarimiz hamkorligini mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etilgan maktubingiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildirish sharafiga muyassarman.

    Sizning ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari haqidagi fikrlaringizni to‘liq qo‘llab-quvvatlar ekanman, men Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik xarakteriga ega ekanligini alohida ta’kidlamoqchiman.

    Xalqlarimiz o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga muvofiq ko‘p yillardan buyon jadal rivojlanib kelayotgan do‘stlik va qardoshlik aloqalari bugungi kunda yangi mazmun kasb etganini katta mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.

    Oliy va yuqori darajadagi doimiy muloqotlar ikki tomonlama hamkorlikning yuksak darajasini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Siz bilan Ashxobod va Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarimizni, ularda Turkmaniston–O‘zbekiston munosabatlarining turli jihatlarini muhokama qilganimiz, ko‘plab muhim madaniyat maskanlarining ochilishida qatnashganimizni alohida yorqin taassurotlar bilan eslayman.

    Toshkent shahrida turkman shoiri va faylasufi, mumtoz va adabiyotimiz namoyandasi Maxtumquli sharafiga nomlangan ko‘cha hamda uning siymosi tasvirlangan yodgorlik, “Ashxobod” madaniyat va istirohat bog‘i, shuningdek, Xorazm viloyatida O‘zbekiston–Turkmaniston do‘stlik uyi va “Ulli hovli” madaniy majmuasining ochilishi xalqlarimizning abadiy do‘stligi va birodarligining yorqin ramzi bo‘lib xizmat qilmoqda.

    O‘z navbatida, Turkmaniston poytaxtidagi “Ilhom” markaziy xiyobonida Sharqning buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning ulkan yodgorlik o‘rnatildi va Ashxobodning bevosita prezident saroyiga yaqin markaziy ko‘chalaridan biriga ulug‘ shoirning nomi berildi.

    Bundan tashqari, 2017-yilda sizning Turkmanistonga davlat tashrifingiz doirasida Turkmanobod shahrida o‘zbek xalqining buyuk o‘g‘loni, atoqli davlat va siyosat arbobi, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov haykali ochildi, uning nomi Lebap viloyatining ma’muriy markazi ko‘chalaridan biriga berildi.

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Ayni vaqtda Sizga shuni ham ma’lum qilmoqchimanki, kuni kecha Ashxobod markazida O‘zbekiston poytaxti sharafiga zamonaviy “Toshkent” madaniyat va istirohat bog‘ini loyihalashtirish va qurish uchun tender e’lon qilindi.

    Shu munosabat bilan O‘zbekiston kompaniyalarini ushbu tenderda ishtirok etishga taklif qilaman.

    Shu bilan birga yana bir muhim yangilikni sizga yetkazmoqchiman. Yaqinda biz 2020-yilgi eng namunali ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Turkmaniston tumanlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibini e’lon qildik. Ushbu tanlovda Toshhovuz viloyatining S.A.Niyozov tumani g‘olib bo‘lib, 1 million AQSh dollari miqdorida mukofotga sazovor bo‘ldi. Ushbu tuman aholisining 99 foizini o‘zbeklar tashkil etishini ta’kidlash menga mamnuniyat bag‘ishlaydi.

    Madaniy-gumanitar aloqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni ravnaq toptirishda muhim rol o‘ynaydi. Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirar ekanmiz, biz turkman va o‘zbek xalqlarining azaliy birodarlik va o‘zaro mehr-oqibat an’analariga, ularning tub ma’naviy va tarixiy qadriyatlari mushtarakligiga tayanamiz.

    Shu nuqtai nazardan, 2021-yil 17-fevral kuni Ashxobodda buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tganini ta’kidlash ham menga mamnuniyat bag‘ishlaydi.

    Bunday tadbirlarni o‘zaro o‘tkazib borish umumiy madaniyatlarimiz, tarixiy siymolarimizni ommalashtirishga katta hissa qo‘shadi, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlaydi.

    Aziz birodarim!

    Turkmaniston ijobiy betaraflik tamoyillariga asoslanib, mintaqaviy va mintaqalararo hamkorlikda doimo faol ishtirok etmoqda.

    Bugungi kunda Turkmaniston tashabbusi bilan mintaqaning barqaror taraqqiyotiga amaliy turtki berishga qaratilgan energetika, transport va kommunikatsiya sohalarida keng miqyosli mintaqalararo loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, biz O‘zbekistonning 2021-yil 15–16 iyul kunlari Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusida yuqori darajali xalqaro konferensiya o‘tkazishga doir tashabbusini olqishlaymiz va to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

    Ushbu forumga katta ahamiyat bergan holda, Turkmaniston uning ishida ishtirok etish uchun rasmiy delegatsiyani yuboradi. Konferensiya ishi samarali bo‘ladi, uning natijalari esa Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va ko‘p tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shadi, deb ishonaman.

    Fursatdan foydalanib, hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘liq, ko‘p qirrali davlatchilik faoliyatingizga katta muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va ravnaq tilayman.

    Chuqur hurmat bilan,

    Gurbanguli Berdimuhamedov,

    Turkmaniston Prezidenti

    Bundan avval Turkmaniston poytaxtida Toshkent nomli istirohat bog‘i qurilishi, Abdulaziz Komilov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashgani hamda Berdimuhamedov Ashxobod yubileyi va Turkmaniston mustaqilligiga tayyorgarlik ko‘rish ishlaridan norozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?