• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jamoat ishlari, issiqxonalar, hunarmandchilik, rasmiy mehnat muhojirligi. Sardoba falokati hududidagi aholi bandligi qanday ta’minlanmoqda?

    Sirdaryo viloyatida talofat ko‘rgan aholini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush farovonligini yanada oshirish, jumladan, Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida yangi barpo etilgan ko‘p qavatli va qayta tiklangan uy-joylarda istiqomat qiluvchi aholini doimiy ish bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri rahbarligida Respublika Ishchi guruhi tuzilgan va uning oldiga aniq vazifalar qo‘yilgan edi. “Daryo” vazirlik matbuot xizmati bilan hamkorlikda bu borada amalga oshirilgan sarhisobini e’tiboringizga havola qiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Jamoat ishlari va boshqa ish o‘rinlari

    Avvalo, 86 ta ko‘p qavatli va 1840 ta qayta tiklangan uy-joylardagi 2640 ta xonadon egalari to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Talofat ko‘rgan mahallalarda qayta tiklanadigan uy-joylar (kottejlar) oldi tomoniga yo‘lak (trotuar)lar qurish ishlarini amalga oshirish uchun 11 ta mahallaning har biri bo‘yicha 20 nafardan ishsiz shaxslardan iborat 11 ta brigada shakllantirildi va ular uchun Jamoat ishlari jamg‘armasidan 400 million so‘mlik mehnat qurollari xarid qilindi.

    “Qishloq qurilish invest” kompaniyasi, hududiy “Yagona buyurtmachi” injiniring kompaniyalari va avtoyo‘l korxonalari bilan birgalikda yo‘laklar qurilishi loyihasi ishlab chiqildi va jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar tomonidan talofat ko‘rgan hududlardagi 35 600 metrdan ziyod piyodalar yo‘lak (trotuar)lari qurildi. Jumladan, Sardoba tumanining “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida 4 415 metr, Oqoltin tumanining “Shodlik” mahallasida 11 056 metr, Mirzaobod tumani “Navbahor” mahallasida 7 039 metr piyodalar yo‘laklari qurib bitkazildi.

    Xatlov natijalariga ko‘ra, 11 ta mahalladagi 25,2 ming aholining 12,1 ming nafari ayollar va 15,1 ming nafari yoshlar bo‘lib, ulardan 14 ming nafari mehnatga layoqatli aholi. O‘rganishlar vaqtida ularning 4092 nafar ishsiz, band bo‘lmagan fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan ma’lum qilishlaricha, “bugungi kunga qadar ularning 3 805 nafari (93 foizi)ning bandligi ta’minlangan”.

    Jumladan, 244 nafariga korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga, 127 nafari zaxiralangan (kvota) ish o‘rinlariga, 573 nafari investitsiya loyihalari hisobiga yaratilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish choralari ko‘rildi. 622 nafari qisqa muddatli o‘quv kurslariga, 868 nafari jamoat ishlariga jalb etildi hamda 1371 nafari subsidiya ajratilishi hisobiga issiqxonalar qurib berish hamda ishlab chiqarish kooperativlarga a’zo sifatida biriktirilib, bandligi ta’minlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Misol uchun,

    • Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida istiqomat qiluvchi Dilmurod Bo‘ronov va Mavluda Isroilovaga subsidiya hisobidan 1 sotixlik issiqxonalar qurib berildi;
    • Oqoltin tumanidagi “Shodlik” mahallasida yashovchi Sh.Xo‘jamov va G.Berdiqulova mahalladagi obodonlashtirish ishlariga jalb etildi;
    • Zulfiya Tursunova va Mahliyo G‘ofurova Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasidagi “Sardoba Oqsaroy Tekstil” kompaniyasida tashkil etilgan tikuvchilik yo‘nalishidagi o‘quv kursiga yuborildi;
    • Mirzaobod tumani “Navbahor” mahallasida istiqomat qiluvchi Feruza Bo‘riboyeva va Maftuna Berdialiyeva “Wellfort” tikuvchilik korxonasiga doimiy ishga joylashdi.
    “Bugungi kunda ishga muhtoj bo‘lgan 287 nafar (7 foiz) aholi bandligini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

    Hunarmandchilik

    Hunarmand-tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning infuratuzilma sharoitlarini yaxshilash maqsadida bo‘sh bino yoki yer maydoni, yo‘l, elektr energiyasi, suv, telekommunikatsiya va boshqa zarur imkoniyatlar tashkil qilib berildi va tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga asosiy e’tibor qaratildi.

    Ishga muhtoj fuqarolar hamda mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchilar bandligini ta’minlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ishchi guruhi tomonidan 15-yanvar kuni Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlaridan tashabbuskor hunarmand va tadbirkorlar Sirdaryo viloyatiga taklif etildi va ulardan 19 nafari Sirdaryoda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.

    Uchrashuvda hunarmandlarning tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirish uchun bo‘sh bino, yer maydoni, aylanma mablag‘lar va boshqa zarur bo‘lgan masalalarini hal etish choralari kelishib olindi. Buning uchun Mirzaobod va Sardoba tumanida barpo etilgan ko‘p qavatli uy-joylarning yerto‘lasidagi va yon-atrofidagi bo‘sh yer maydonlariga joylashtirish yuzasidan choralar amalga oshirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hozirgacha 7 nafar hunarmand-tadbirkor tomonidan Oqoltin tumanida parrandachilik yo‘nalishida 100 nafar, tikuvchilik yo‘nalishida 47 nafar, poyabzal ishlab chiqarish yo‘nalishida 51 nafar, Sardoba tumanida tikuvchilik yo‘nalishida 50 nafar, asalarichilik yo‘nalishida 50 nafar va Mirzaobod tumanida tikuvchilik yo‘nalishida 220 nafar — jami 518 nafar mahalliy ishsiz fuqaro bandligi ta’minlandi.

    Misol uchun,

    • Oqoltin tumanida Namangan viloyatidan kelgan hunarmand O‘g‘iljon Karimova tikuvchilik yo‘nalishida “Oqoltin Honor” ishlab chiqarish kooperativiga 47nafar, hamda Sarodoba tumanida “Sardoba sof teks” ishlab chiqarish kooperativiga 50 nafar,
    • Mirzaobod tumanida Andijon viloyatidan kelgan xunarmand Mansurbek Xoldorov tikuvchilik yo‘nalishida “Vodiy teks stap” ishlab chiqarish kooperativida 150 nafar ishsiz fuqarolar bandligini ta’minladi.
    “Qolgan 18 nafar hunarmand tadbirkorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida ishga muhtoj hamda mehnat bozoriga ilk bor kirib kelgan 330 nafar fuqaro bandligi ta’minlanadi”, — deya qayd etib o‘tgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

    Kasb-hunarga (qayta) o‘qitish

    Band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari ham olib borilmoqda. Masalan, Mirzabodning “Haqiqat” mahallasida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larining 1,7 milliard so‘mlik hisobidan qurilgan, yiliga 500 nafar ishsizni o‘qitish quvvatiga ega Yoshlar mehnat guzarida hamda “Navbahor” mahallasidagi Kasb-hunarga o‘qitish maskanida beshta yo‘nalish (tikuvchilik, erkaklar va ayollar sartaroshligi, 1S buxgalteriya va kompyuter savodxonligi)da 200 nafar ishsiz fuqaro bosqichma-bosqich qisqa muddatli kasb-hunarlarga o‘qitilmoqda.

    Qayd etish joiz, shu vaqtgacha

    • Mirzaobod tumanida tikuvchilik yo‘nalishida 90 nafar, limonariya yo‘nalishida 10 nafar va milliy hunarmandchilik yo‘nalishida 52 nafari — jami 177 nafar;
    • Oqoltin tumanida tikuvchilik yo‘nalishida 167 nafar, qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 4 nafar va kompyuter savodxonligi yo‘nalishida 2 nafari — jami 173 nafar;
    • Sardoba tumanida tikuvchilik yo‘nalishida 132 nafar, qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 46 nafar, buxalteriya yo‘nalishida 27 nafar, kompyuter savodxonligi yo‘nalishida 35 nafari va milliy xunarmandchilik yo‘nalishida 57 nafari — jami 297 nafar
    ishsiz fuqaro qisqa kurslarda o‘qitildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    2021-yilning 6-fevral kuni Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida yashovchi 29 nafar ishsiz va band bo‘lmagan xotin-qizlar kasb-hunar o‘rgatish va shu orqali bandligini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markaziga olib borildi. 6 martgacha davom etgan o‘quv kurslarda vodiylik tajribali usta-hunarmandlar tomonidan hunarmandchilikning sir-asrorlari, atlas-adras, kashtachilik va gilam to‘qish ishlari qunt bilan o‘rgatildi.

    Bugungi kunda Mirzaobod tumanida atlas-adras, Oqoltin tumanida kashtachilik va Sardoba tumanida gilam to‘qish yo‘nalishida ishlab chiqarish kooperativlar tashkil etish yuzasidan Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Hunarmandlar markazi bilan tegishli ishlar olib borilmoqda. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 150 ta ish o‘rni yaratiladi.

    Mehnat muhojirligi

    10—11-fevral kunlari Guliston shahrida Rossiyaning “Stroy Kraft” va “Meros” korxonalari vakillari ishtirokida tanlovlar o‘tkazildi. Unda jami 690 kishi qatshanib, 129 nafari “Stroy Kraft”, 166 nafari esa “Meros” tomonidan — jami 295 fuqaro ish beruvchi korxonalar tomonidan tanlab olindi. Hozirda tanlovdan o‘tgan 102 nafar fuqaroni tashkillashtirilgan tartibda Rossyaiga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Ishchi guruh ishni Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida barpo etilgan ko‘p qavatli va qayta tiklangan uy-joylarda yashayotgan ishsiz fuqarolar bandligi to‘la ta’minlanmaguniga qadar davom ettirishni rejalashtirgan”, — deyiladi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborotida.

    29.04.2021, 11:11   Izoh (0)   49099
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    29.04.2021, 11:10

    Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni Turkmanistonga boradi

    29.04.2021, 10:57

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 398 kishida koronavirus aniqlandi

    29.04.2021, 10:28

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

    29.04.2021, 10:15

    Senat kitob ishlab chiqarish sohasi masalasida Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasiga so‘rov yubordi

    29.04.2021, 09:41

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 650 ming kishiga yaqinlashdi

    29.04.2021, 09:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirlarini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.