Tesla bosh direktori Ilon Mask karbonat angidridni tejamkor ravishda yoqilg‘iga aylantirish yo‘lini topadigan ixtirochiga 100 million dollar va’da qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: EPA

Maskning so‘zlariga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan sovrin miqdori oshishi mumkin.

U atmosferadan uglerod ajratib olish texnologiyasi havodan ifloslantiruvchi zaharli gazlar ajralib chiqish darajasini 2050-yilga qadar nolga yetkazishda juda muhim bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Konkurs 2025-yil Xalqaro yer kuniga qadar to‘rt yil davom etadi.

Yanvar oyida Ilon Mask Marsda koloniya tashkil qilish yo‘lida o‘zining barcha davlatini sotib yuborishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Biznesmenning aytishicha, uning Marsda shahar qurish rejasi ancha katta mablag‘ni talab etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uni o‘z boyligi bilan xayrlashishga undovchi sabablardan biridir. Yana bir sabab sifatida Mask Marsda koloniya tashkil qilish borasida qanchalik qat’iy qarorga ega ekanligini butun dunyoga namoyish qilish istagidaligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, Ilon Mask Marsda mustaqil faoliyat yuritadigan manzil qurishga 20 yil ketishini taxmin qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday manzil qurish uchun 1000 ga yaqin Starship kemasi va kamida 3 million tonna resurs va jihozlar kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Forbes’ning 2021-yil bo‘yicha eng boy odamlari an’anaviy reytingida Ilon Mask 151 milliard dollarlik boyligi bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi. Bir yil oldin u eng boy ishbilarmonlar ro‘yxatida atigi 31-o‘rinda turgan va reytingni tuzuvchilar uning boyligini 24,6 milliard dollarga baholagan edi.