• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Boltiqbo‘yi davlatlari Chexiya bilan birdamlik sifatida rossiyalik diplomatlarni hududidan chiqarib yubormoqda

    Latviya rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubormoqda. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi rahbari Edgars Rinkevichsga tayanib “TASS” xabar berdi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “Chexiyalik ittifoqchilarimiz bilan birdamlik belgisi sifatida va Venadagi konvensiya buzilgani sababli Latviya rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Latviya o‘z hududidagi, shuningdek, sheriklari va ittifoqchilari hududidagi buzg‘unchilikka jim qarab turmaydi”, — deb yozgan vazir Twitter’da.

    Latviya Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, tegishli qaror to‘g‘risida 23-aprel, juma kuni Rossiyaning respublikadagi muvaqqat ishlar vakili Vadim Vasilyevga xabar berilgan.

    “Latviya o‘zaro hurmat, xalqaro huquq va diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi tamoyillariga tayangan holda Rossiya bilan munosabatlarni shakllantirishdan manfaatdor. Rossiyaning xatti-harakatlari azaldan ushbu tamoyillarning muntazam ravishda buzilishi va xavfsizlik holati yomonlashuvining dalili bo‘lib kelgan”, — deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

    Latviya tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, bunday qaror “Rossiya elchixonasi diplomatining harakatlari va uning Latviyada sodir etgan qonunbuzarliklarini baholash asosida” qabul qilinganini aytib o‘tdi. “Qaror, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATO doirasidagi ittifoqchilar bilan o‘zaro maslahatlashuvlar va Latviyaning mas’ul muassasalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida qabul qilindi”, — deb ta’kidladi vazirlik.

    Latviya televideniyesi 23-aprel kuni o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, Tashqi ishlar vazirligi respublikadagi  Rossiya elchixonasining harbiy attashesini persona non-grata deb e’lon qildi. Aprel oyi o‘rtalarida Latviya Tashqi ishlar vazirligi pandemiya bilan bog‘liq ravishda epidemiologik xavfsizlik qoidalarini buzgani munosabati bilan Rossiya tomoniga norozilik bildirgan. Rossiyaning Latviyadagi elchixonasidan tezkor izoh olishning iloji bo‘lmagan edi.

    Latviya bilan bir qatorda Litva hukumati ham ikki rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi rahbari Gabrielyus Landsbergis ma’lum qilgan. “Rossiya elchixonasi vakili Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va unga diplomatik maqomga mos kelmaydigan faoliyat bilan bog‘liq holda elchixonaning ikki xodimini Litvada nomaqbul deb e’lon qilish to‘g‘risida nota topshirildi”, — deyiladi vazirning xabarida. Ularga yetti kun ichida Litva hududidan chiqib ketish haqida ko‘rsatma berilgan.

    Litvaning Moskvadagi elchixonasi Chexiyaga diplomatik funksiyalarni bajarishda yordam berishga tayyorligini bildirdi, bu esa Chexiya elchixonasi xodimlarini Rossiyadan chiqarib yuborilishi bilan murakkablashadi.

    Shuningdek, Estoniya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi rossiyalik diplomat qaytarib yuborilayotganini ma’lum qildi. “Chexiya bilan birdamlik belgisi sifatida Estoniya Vena konvensiyasida kelishilgan diplomatik faoliyatga nomuvofiq ish olib borayotgan rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi”, — deyiladi bayonotda.

    Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, 23-aprel kuni Estoniya tashqi ishlar vazirligi Chexiyadagi Vrbetitsa qishlog‘ida sodir bo‘lgan voqea tafsilotlari to‘g‘risida Chexiyadan olingan ma’lumotlar bilan bog‘liq holda “Rossiyaning Estoniyadagi elchisi Aleksandr Petrovni hukumatga chaqirgan”.

    Rossiya—Chexiya munosabatlarining keskinlashuvi 17-aprel kuni Chexiya hukumati respublika sharqidagi Vrbetitsa qishlog‘idagi o‘q-dorilar omborlarida 2014-yilda sodir bo‘lgan portlashlar voqeasining yangi holatlariga aniqlik kiritish to‘g‘risida bayonot berganidan keyin boshlandi. Chexiya tomonining so‘zlariga ko‘ra, ushbu voqeada Rossiya maxsus xizmatlari ishtirok etgan. The Insider va Bellingcat agentliklari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvga ko‘ra, portlashlar operatsiyasiga Rossiya razvedka boshqarmasining 29155-sonli harbiy qism boshlig‘i, general Andrey Averyanov shaxsan rahbarlik qilgan. 17-aprel kuni Praga Rossiya elchixonasining 18 nafar xodimini chiqarib yuborishni e’lon qildi. Shuningdek, Chexiya Senati hukumatni Rossiya bilan do‘stlik shartnomasini bekor qilishga va Pragada faqat bir nafar rossiyalik diplomatni qoldirishga chaqirdi. Avvalroq Deputatlar palatasi (Chexiya parlamentining quyi palatasi) ham Chexiya hukumatini shunday choralar ko‘rishga chaqirgan edi.

    Rossiya ayblovlarni bema’ni va asossiz deb atadi va Chexiyaning xatti-harakatlariga javob sifatida 20 nafar chexiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi.

    Mavzuga doir:

    • Rossiya o‘n nafar amerikalik diplomatni AQShga qaytarib yuboradi
    • Slovakiya uch nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi
    • Rossiya ikki nafar bolgariyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

    24.04.2021, 14:35   Izoh (0)   26607
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Checheniston rahbarining o‘g‘li nohalol g‘alabada ayblangach, revansh jangini o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

    24.04.2021, 13:34

    Hindiston ketma-ket ikkinchi kun COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha dunyo rekordini yangiladi

    23.04.2021, 22:26

    AQSh Indoneziyaning g‘oyib bo‘lgan suvosti kemasini qidirish uchun aviatsiya yuboradi

    23.04.2021, 21:58

    Medvedev Rossiya va AQSh munosabatlari Sovuq urush davriga qaytganini aytdi

    23.04.2021, 20:33

    Moskvada Putin va Lukashenko 4 soatlik muzokara o‘tkazdi. Ular iqtisodiy masalalarni muhokama qilgani aytilmoqda

    23.04.2021, 19:34

    AQShning Rossiyadagi elchisi Vashingtonga qaytib ketdi

    23.04.2021, 18:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.