Marsda mustaqil faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan manzil qurish uchun 1000 ga yaqin Starship kemasi va kamida 3 million tonna resurs va jihozlar kerak bo‘ladi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Foto: Reuters

Maskning qayd etishicha, Yer va Mars ikki yilda bir marta parvozlar uchun yetarli masofaga yaqinlashadi. Shu sababli yuklarni yetkazishga taxminan 20 yil talab etiladi.

Ma’lumot uchun, joriy yil 29-sentabr kuni Mask yuk va kosmonavtlarni Oy hamda Marsga yetkazishga mo‘ljallangan Starship kemasini taqdim etdi. Marsga ilk parvoz 2024-yilga mo‘jallangan.