Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prokuror sektorlarida yashovchi 200 mingga yaqin muhtoj oilalarga ko‘mak berilishi, 160 mingga yaqin fuqaro ishga joylashtirilishi natijasida “temir daftar”ga kiritilgan 126 mingta yoki 84 foiz oila mahalliy kengashlar qarorlari asosida ehtiyojmandlar ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Senatda 23-aprel kuni bo‘lib o‘tgan 14-yalpi majlisda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’lum qilgan.

Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

Og‘ir vaziyatga tushib qolgan 1231 nafar ayolga uy-joy ajratilishida, qariyb 100 ming nafarining ishga joylashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.

Birgina misol, Termiz shahrida 10 nafar nogiron ayoldan iborat tikuv korxonasini tashkil qilgan ‘Gulbahor Nurli Kelajak’ jamiyati faoliyati bino va mablag‘ yetishmovchiligi bois 1,5 yil davomida to‘xtagan. Ushbu muammolar prokuratura ko‘magi bilan qisqa muddatda hal etildi. Natijada korxona faoliyati tiklanib, yana qo‘shimcha 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi hamda ularga ham nogironligi bo‘lgan ayollar joylashtirildi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev, bosh prokuror

Yo‘ldoshev, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Majburiy ijro byurosi faoliyatiga e’tibor berilib, takomillashtirilgani, sud hujjatlarining ijrosi jarayoniga har qanday aralashuvlar qat’iy taqiqlanganini aytdi. Sohadagi muammolarni hal qilish, ijro faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublika va hududiy kengashlar tashkil etilganini yutuq sifatida qayd etdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida sud hujjatlari bo‘yicha 15,2 trillion so‘m, shu jumladan, davlat foydasiga 6,2 trillion so‘m undirilgani, ushbu mablag‘lar hisobidan “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2020-yili 62 milliard, 2021-yilning 3 oyida esa 104 milliard so‘m yo‘naltirilganini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi