• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nisholda nima uchun aynan Ramazonda iste’mol qilinadi? Toshkent bozorlaridan maxsus reportaj

    O‘zbek xonadonlarida tayyorlanadigan har mavsumga xos taomlar bor. Masalan, bahorda ko‘k somsa, Navro‘zda sumalak, yozda go‘ja. Boisi, ushbu taomlarga ishlatiladigan mahsulotlarni boshqa fasllarda odatda topish mushkul. Ammo muqaddas Ramazon oyi qaysi faslga to‘g‘ri kelishidan qat’i nazar nisholda, albatta, tayyorlanadi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun shirinlik aynan Ramazonda iste’mol qilinadi? Uning qanday foydali xususiyatlari bor? Bu kabi savollarga javob topish maqsadida “Daryo” Toshkent shahrining markaziy dehqon bozorlarida nisholda sotayotgan sotuvchilar bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Avvallari nisholdasiz to‘ylar o‘tmagan

    Soliha Shukurova, “Chorsu” dehqon bozori sotuvchisi: 
    Buxorolikman. Ota-bobolarimiz sumalakchi, nisholdapaz bo‘lishgan. Men yettinchi avlodman. 1999-yildan beri nisholda tayyorlayman. Har sumalak mavsumida, ya’ni yanvardan boshlab oilaviy Toshkentga kelib, ‘Chorsu’ bozorida sumalak va nisholda sotamiz. May oyida yana Buxoroga qaytib ketamiz.

    Asl nisholdaning kelib chiqishi Buxoroga borib taqaladi. Sobiq Sovet ittifoqi davrida viloyatda qiziq bir odat bo‘lgan. Ya’ni to‘ylarda dasturxonlarga, albatta, nisholda tortilar edi.

    Afsuski, bugun bunday odatlar yo‘q bo‘lib ketgan.

    Soliha Shukurova.

    Soliha Shukurova.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Roziya Sultonova, “Farhod” dehqon bozori sotuvchisi: 

    30 yildan beri nisholda tayyorlab sotamiz. Avval turmush o‘rtog‘im tayyorlardi. Hozir bu ish o‘g‘limning zimmasiga o‘tgan. Hozir o‘g‘lim 5-avlod. Bozorda sotish bilan birga 200 ga yaqin do‘konga nisholdalarimizni yetkazib beramiz.

    Bolaligimizda to‘y qilinsa, dasturxonga, albatta, nisholda qo‘yilardi. Yana Toshkentda kuyov tomon kelin tomonga oshga bir chelakdan nisholda berardi. Bizning to‘yimizda ham shunday bo‘lgan. Oshdan keyin hamma piyolada qo‘yilgan nisholdadan yeb ketardi.

    20 yil oldin ham to‘ylarga buyurtma olardik. Xo‘jayinim oldiga qanaqa to‘y bo‘lsa ham kelishardi. Bir chelakdan nisholda tayyorlab berardik. Biroq vaqt o‘tib, to‘y qilayotganlar nisholdaning o‘rniga holva yuborishni boshladi.

    Hozir bu narsalar yo‘q bo‘lib ketgan. Hech kim dasturxoniga nisholda qo‘ymay qo‘ygan.

    Roziya Sultonova.

    Roziya Sultonova.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Gulsum Mavlonqulova, “Chilonzor” dehqon bozori sotuvchisi: 

    Sirdaryo viloyatidanman. 18 yildan beri viloyatda nisholda tayyorlab sotaman. O‘g‘lim Toshkentga ko‘chib kelgan. Hozir Toshkentga kelib, ishiga yordam beryapman. Odatda o‘g‘lim nisholdani tayyorlab beradi, men ‘Chilonzor’ dehqon bozoriga olib chiqib sotaman.

    Lekin nisholdaning kelib chiqish tarixi haqida hech narsa bilmas ekanman.

    Gulsum Manlonqulova.

    Gulsum Manlonqulova.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Nisholda nima uchun aynan Ramazon oyida iste’mol qilinadi? Uning qanday foydali xususiyatlari bor?

    Roziya Sultonova: 
    Bu nisholda — ota-bobolarimiz yeb kelgan shirinlik. Nisholda tarkibida yetmak degan o‘simlik ildizi bor. Nisholda ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi, ichaklarni tozalaydi. Oshqozon yarasi kasalligi bor insonlar uchun juda foydali. Bu Ibn Sino kitoblarida ham yozilgan ekan.

    Yetmakning o‘zini ko‘pirtirib, sovun qilib ham ishlatish mumkin. Uni bir litr suvga solib, yarmi qolgunicha yaxshilab qaynatiladi. Keyin uni qo‘lingizga olib ko‘pirtirib, ishlatsa bo‘ladi.

    Har bir odamning organizmida har xil ovqat qoldiqlari bo‘ladi. Siz har kuni qo‘lingizni yuvib yurasiz, lekin oshqozoningizni yuvolmaysiz. O‘sha nisholda tarkibidagi modda oshqozondagi keraksiz chiqindilarni chiqarib tashlaydi.

    Oshqozoningiz og‘risa, turli dorilarni ichasiz. Biroq ovqatdan keyin 2—3 qoshiq nisholda yesangiz, kimyoviy dorilardan ko‘ra ko‘proq foydali bo‘ladi. Buni ko‘plab shifokorlar ham tavsiya qilgan. Tajribadan ham o‘tgan.

    Masalan, mening qaynonam 90 yoshga kirib vafot etdilar. Bizning dasturxonimizda doim nisholda turardi. Doim iste’mol qilganlar. Hozir ham muzlatkichda doim nisholda turadi. O‘zimiz ham doim yeyishni kanda qilmaymiz. Mana hech birimiz semirib ketmaganmiz. Figuralarimiz joyida.
    Soliha Shukurova: 
    Uning tarkibida yetmak degan ildiz bor. U o‘simlik odamning oshqozoni, ichagini filtrlaydi. Yosh bolalar yesa, shamollashining oldini oladi. Bundan tashqari nisholda ro‘za tutayotganlarni och qoldirmaydi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qolgan suhbatdosh sotuvchilar ham uning foydali xususiyatlari juda ko‘pligini, oqlik bo‘lgani va odamni kun davomida to‘q tutgani uchun nisholda yeyilishini ta’kidladi. Shu o‘rinda bir qiziq savol tug‘iladi. Aytilganiday nisholda shunchalik foydali shirinlik bo‘lsa, u nima uchun faqat Ramazon oyida iste’mol qilinadi? Nega boshqa oylarda sotilmaydi? 

    Nisholda faqat Ramazonning shirinligi emas

    Roziya xola:
    Ko‘pchilik nisholdani faqat Ro‘zai Ramazon oylarida tayyorlanadi va yeyiladi deb o‘ylaydi. Lekin biz mana 30 yildan beri kimningdir yegisi kelib qolsa yoki qo‘ni-qo‘shnilar, mijozlar buyurtma qilsa, yilning istalgan vaqtida buyurmaga tayyorlab beraveramiz.

    O‘tgan yili Ramazon oyi karantinga to‘g‘ri kelgandi. Mahalladan xat-hujjat qilib berishdi. Mahallalarda tashkil qilingan bozorchalarga nisholdalarimizni tarqatib chiqdik. Bundan tashqari ‘Elga xizmat’ savdo maydonlariga topshirib keldik.

    Soliha opa va “Chilonzor” dehqon bozorida savdo qiluvchi Kamola opalarning aytishicha, Buxoro va Qashqadaryoda nisholda butun yil davomida iste’mol qilinadi. Ammo negadir Toshkentda esa faqat Ramazon oylaridagina mazkur shirinlik yeyiladi. 

    Buning sababini sirdaryolik Gulsum opa quyidagicha izohladi: 
    Ramazondan boshqa oylarda tayyorlanmasligiga kelsak, nisholda tayyorlashda foydalaniladigan mahsulotlarni topishda muammo bo‘lishida emas. Istagan payt topsa bo‘ladi, lekin havoning issiqligi uchun boshqa payt talab bo‘lmaydi. Har kuni ikki kastryulka nisholda olib chiqaman. Lekin doim ham hammasi sotilavermaydi. Bugun mijozlarim ko‘p kelib, tugaydi deb umid qilaman.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Nisholda qanday tayyorlanadi? Uning eng yaxshisini qanday farqlash mumkin?

    Soliha Shukurova: 
    Haqiqiy nisholda oppoq bo‘ladi. Qolaversa, tayoqni ko‘targanda uzilmasligi kerak. Uzilsa, haqiqiy bo‘lmaydi. Agar muzlatkichda saqlansa, bir yil ham aynimay shunday turaveradi.

    Hamma ham nisholda qilolmaydi. Tayyorlashning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. 92 yoshga kirgan onam borlar. Ular bizning ustozimiz. Hozir ham bilmaganlarimizni ulardan so‘rab qilamiz.

    Retseptiga kelsak, 10 kg shakarni 3 litr suvga solib, olovga qo‘yib qaynatiladi. Keyin bir qoshiq limon kislotasi solinadi. 15—20 daqiqa qaynatilib, olib qo‘yiladi.

    Yetmakning tomiri qaynatilib, suvini olib qo‘yilgan aralashmaga qo‘shib, chilcho‘p yordamida 20—30 daqiqa ishlov beriladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Gulsum Mavlonqulova: 

    Nisholdani tayyorlashga uch soat vaqt ketadi. Asosiy masalliqlari: shakar, yetmak tomiri, tuxum.

    10 kg shakarni ikki litr suvga solib qaynatamiz. Qaynab chiqqanidan so‘ng limon kislotasi solinadi. Tuxumning oqi ko‘pirtirilib, issiq sirop quyiladi va hammasi yana aralashtiriladi. Qozonda yana ko‘proq ushlab turilishi kerak. Biz mikserda, keyin o‘zining tayog‘idan foydalanamiz. Mehnati og‘ir, shuning uchun, asosan, o‘g‘lim tayyorlaydi.

    Yaxshi nisholdani farqlashga kelsak, aksariyat xaridorlar sariq nisholdani yaxshi deb o‘ylaydi. Oq va sariq nisholdaning farqi shunchaki qaynatilishiga bog‘liq.

    Masalan, oq nisholda kam qaynatiladi. Shuning hisobiga ko‘pik bo‘lib qolishi mumkin. Sariq nisholdani ko‘proq qaynatamiz. Siropi hisobiga rangi sariq chiqadi. Agar siropi yaxshi qaynagan bo‘lsa, nisholda 20 kundan 1 oygacha muzlatkichda sifati buzilmay turadi.

    Foto: “Daryo”

    “Farhod” bozori sotuvchisi Roziya xolaning aytishicha, shirinlikni tayyorlash chog‘ida temir uskuna (mikser)dan foydalanilsa, nisholda o‘xshamay qoladi. 

    Biz ota-bobolarimizdan qolib ketgan usul — behining novdasidan chilcho‘plar yasab, qo‘limizda qilamiz. Boshqalar mikserda qiladi. Unga temir narsalar tiqilsa, nisholda o‘xshamaydi.

    Mis qozonda avval yetmak, keyin tuxum chilcho‘p orqali soatlab ko‘pirtiriladi. Unga katta kuch kerak. Erkaklarning kuchi ko‘p. Ayollarning esa qurbi yetmay nafasi tiqilib qoladi. Shuning uchun, asosan, erkaklar tayyorlaydi. Nisholda tayyorlash ayollarning ishi emas.

    Quyuqligiga e’tibor berish kerak. Xuddi asaldek quyuq oqib tursa va og‘ir bo‘lsa, u yaxshi nisholda bo‘ladi. Ayrimlar yetmakni ham ko‘pirtirib, olib chiqib sotaveradi.

    Haqiqiy nisholda bir yil, hatto undan ko‘p ham turishi mumkin. Agar haqiqiy bo‘lmasa, yetmagi cho‘kib, aynib qolishi mumkin. Misol uchun, bizning uyda yil 12 oy nisholda turadi. Qo‘lda qilingani uchun cho‘kib qolmaydi. Muzlatkichda sifati buzilmay turaveradi.

    Savdoga kelsak, 30 yildan beri sotayotganimiz uchun mijozlarimiz ko‘p. Bir marta olgan odam yana qaytib keladi. Daromad ham shunga yarasha. Doim ham olib kelgan nisholdamizning hammasini sotib tugatib ketolmaymiz. Yarmini sotishimiz mumkin, har xil. Kuniga 200—300 ming so‘m topamiz. Harholda ro‘zg‘orimiz but, kam-ko‘stimiz to‘lib turibdi.

    Foto: “Daryo”

    So‘nggi vaqtlarda nisholda iste’moli 10—20 yil oldinga qaraganda ancha kamaygandek. Bozorda nisholda sotib oluvchi xaridorlarning kamligini ko‘rib, bunga yana amin bo‘ldik. Xo‘sh, nega oxirgi paytlarda odamlar nisholda yemay qo‘ydi? Bu haqda ham sotuvchilardan so‘radik.

    Roziya xola:

    Oldingi paytlarda hozirgidek yeydigan narsalar bo‘lmagan. Hozir murabbo, asal, xullas, assortiment ko‘p. Asosan, yoshi katta insonlar yeydi. Hozirgi yoshlar nisholda yeb o‘rganmagan.

    Ba’zilari nisholda nimaligini bilmaydi ham. Bir xillar kelib, bu nima deb hayron bo‘ladi. Biz unga o‘zbek milliy shirinliklaridan biri deb to‘g‘ri tushuntiramiz. Foydali xususiyatlarini aytamiz.

    “Chorsu” bozori sotuvchisi Soliha Shukurova esa mazkur savolimizga “odamlar nisholdaning tarkibida bunchalik foydali xususiyatlari borligini bilmaydi-da, shuning uchun yeyishmaydi”, deb javob berdi.

    Xo‘sh, xaridorlar-chi? Ular bu borada qanday fikrda? Sotuvchilar aytgandek, oxirgi paytlarda qandolat mahsulotlari turlari ko‘paygani uchunmi yoki boshqa sabab sotib olmayaptimi? Biz bozorda xarid qilib yurgan yurtdoshlarimizga ikkita savol bilan murojaat qildik: Siz nisholdani yaxshi ko‘rasizmi? Bu Ramazon oyida nisholda yeyishga ulgurdingizmi?

    Nurxon xola: Yoshim 70 da. Avvalari yerdim, ammo hozir sog‘lig‘im ko‘tarmaydi. Tomog‘imni qichitadi, allergiya beradi. Shuning uchun hozir umuman nisholda yemayman.

    Muyassar xola.

    Muyassar xola.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Muyassar xola: Men nisholdani yaxshi ko‘rib yeyman. Lekin kelinlarim, o‘g‘illarim yemaydi. Asosan, o‘zim Ramazonda yeyman. O‘zi boshqa payt bo‘lmaydi-ku.

    Shohista opa, 45 yoshda: Nisholdani yaxshi ko‘raman. Har Ramazonda iste’mol qilaman. Nisholda tuxumdan qilinadi. Yegan odamni kun davomida to‘q tutadi. O‘zi tuxumni qaynatib yesangiz ham qancha foydali. O‘zi bir oygina ro‘zada yeyiladigan shirinlik bo‘lsa, albatta, oilaviy iste’mol qilamiz.

    Shohista opa.

    Shohista opa.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Odil, 28 yoshda: Uydagilarim uncha yoqtirmaydi. Lekin men shirinlikni yaxshi ko‘rganim uchun nisholdani sevib iste’mol qilaman. Ro‘zada odamni to‘q tutadi. Shuning uchun doim yeyman.

    Charos, 27 yoshda: Bolaligimizda kimdir to‘y qilsa, nisholdachini maxsus chaqirtirib, uyda nisholda tayyorlatishardi. Bir kuni ukamning xatna to‘yiga biz ham narigi mahalladagi nisholdachi amakini chaqirtirdik. Umrimda birinchi marta nisholda qanday tayyorlanishini ko‘rgandim. Amaki qo‘liga chilcho‘pni olib, tuxum oqiga oldidagi shakardan kam-kamdan solib, tinmay aralashtirar, ora-orada qaqragan tomog‘ini ho‘llash uchun bir piyola choy ichardi. Ko‘z o‘ngimda oppoq, ko‘pirgan shirinlik paydo bo‘lgani sari zavqim qo‘zib, nisholdachining yonidan jilolmasdim. Amakining qo‘llari mo‘jizakor tuyulardi.

    To‘yga maxsus tayyorlangani uchunmi, mazasi ham boshqacha bo‘lar, bozorda sotiladigan shirinlikka mutlaqo o‘xshamasdi. Eng qizig‘i, bu shirinlik bugun Ramazon oyi taomiga aylanib bo‘lgan. Ko‘pchilik nisholdani ko‘rsa, muqaddas oy kelganini, bolalikda to‘yib-to‘yib, oyisidan berkitib, ovqat o‘rniga nuqul nisholda yeganini eslasa kerak.

    Hozir esa to‘y-tomosha, marosimlarda dasturxonga deyarli tortilmaydigan bo‘ldi. O‘zim ham umuman yemay qo‘yganman.

    Supermarketda sotilayotgan nisholda.

    Supermarketda sotilayotgan nisholda.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Reportajimiz davomida nisholda faqat Ramazonning shirinligi emasligi, uni yilning istagan paytida nafaqat bozorlardan, balki katta supermarketlardan ham topish mumkinligiga amin bo‘ldik. Biroq shunga qaramay nisholda aksariyat o‘zbekistonliklar uchun Ramazonning ramzlaridan biriga aylanib qolgan.

    Mana muqaddas oyning deyarli yarmiga ham yaqinlashib qoldik. Sizga ham o‘sha savollar bilan yuzlanmoqchimiz:

    Nisholdani yaxshi ko‘rasizmi? Bu Ramazon oyida nisholda yeyishga ulgurdingizmi?

    Xonzodabegim A’zamova

    Dilshod Sharipov

    25.04.2021, 17:16   Izoh (0)   92652
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Nazorat-tekshiruvchi organlar vazirlarga bo‘ysunmasligi kerak” — bosh prokuror

    25.04.2021, 17:11

    Hisobdan yashirilgan 2,5 mingga yaqin jinoyat aniqlangan, jinoyatlarni qasddan yashirgan mas’ul xodimlarning 22 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan — bosh prokur...

    25.04.2021, 16:10

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev Shahrisabzda avtomobil ichida yoqib yuborilgan oila voqeasini tilga oldi. Bosh prokuratura yakuniy ma’lumotni taqdim etdi

    25.04.2021, 15:09

    Toshkentdagi tashqi reklama obyektlari nega buzilmoqda? Har bir soha mutasaddilari bunga javob berdi

    25.04.2021, 14:29

    Bosh prokuror O‘zbekistonda 2020-yil yer bilan bog‘liq masalalarda qancha mansabdor javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi

    25.04.2021, 14:08

    O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi xodimi koronavirus oqibatida vafot etgani aytildi

    25.04.2021, 13:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.