Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2020-yilda 120 ming gektar ekin maydonlari noqonuniy ajratilgan, 11 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, 4 ming gektar yerda binolar noqonuniy qurilgan. Bu haqda Senatda 23-aprel kuni bo‘lib o‘tgan 14-yalpi majlisda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev prokuratura organlari tomonidan 2020-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotida ma’lum qildi.

Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

Ekin maydonlarida noqonuniy qurilgan 32 mingdan ortiq obyekt buzdirilgan, 10 ming gektar yer davlat zaxirasiga qaytarilgan.

Yo‘ldoshev hokimlarning 106 ming gektar yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi qonunga zid qarorlari bekor qilingani, qonunni buzgan 5747 nafar mansabdor intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgani, yerni talon-toroj qilish bilan bog‘liq 359 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal qilinganini ham bildirgan.

Misol uchun, Qibray tuman hokimining o‘rinbosari Mashrapov ‘Flover siti’ jamiyati rahbari Ahmedovga 9,8 gektar yer ajratib berish evaziga 15 ming dollar pora olgan. Bundan tashqari, Mashrapov o‘zi tashkil etgan ‘Sano Mega Stroy’ jamiyatiga tumanning turli hududlaridan jami 10 gektar yerni go‘yoki issiqxona qurish va sabzavotchilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ajratilishiga erishib, keyinchalik ushbu yer maydonlarini 60 ming dollarga sotib yuborgan.

Yoki Zangiota tumanida ‘Semurg‘’ fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi Tohirov fuqaro Petryakovga 70 sotix sug‘oriladigan yerni 380 ming dollarga sotishga kelishib, 50 ming dollarini olayotganda ushlandi. Qonunni buzgan shaxslar qilmishiga yarasha jazosini oldi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev, bosh prokuror

Yerdan foydalanishdagi mavjud ahvol 2020-yilda parlament, Prezident Administratsiyasi va hukumat a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda viloyat, tuman-shahar hokimlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab olingani ta’kidlandi. Prokurorlar tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga 55 ming gektar yer, 122 milliard so‘m kredit, 3 milliard so‘mlik ehtiyot qismlar va 687 dona texnika olinishida amaliy yordam ko‘rsatilgani aytildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan qishloq xo‘jaligi sohasiga mas’ul bosh prokuror o‘rinbosari (Shavkat Rahimov), viloyat prokurori o‘rinbosari lavozimlari joriy etilib, 145 ta shtat ajratilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi