So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Rossiya Ukraina bilan chegaradan o‘z qo‘shinlarini olib ketadi

    23.04.2021, 11:11 31185

    Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakat janubidagi harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan qo‘shinlarni 1-maygacha doimiy joylashtirilgan punktlarga qaytarishni buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi

    Foto: Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi

    “Men kutilmagan tekshiruvdan ko‘zlangan maqsadlarga to‘liq erishildi, deb o‘ylayman. Qo‘shinlar mamlakatning ishonchli mudofaasini ta’minlash qobiliyatini namoyish etdi. Shu munosabat bilan men Janubiy va G‘arbiy harbiy okruglardagi tekshiruvni yakunlash to‘g‘risida qaror qabul qildim”, — dedi vazir Qrimdagi yig‘ilishda.

    “2021-yil 1-mayga qadar Janubiy harbiy okrugning 58-armiyasi, Markaziy harbiy okrugning 41-armiyasi, 7- va 76-havo hujumi va 98-havo-desant diviziyalari shaxsiy tarkibini doimiy joylashish punktlariga qaytaring”, — buyurdi Shoygu.

    Xabarga ko‘ra, 23-aprelda qo‘shinlar janubiy chegaralardan qaytishni boshlaydi.

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyin chegarada keskinlik pasayishini aytdi.

    “Ukraina chegarasida qo‘shinlar sonining kamayishi keskinlikni mutanosib ravishda pasaytiradi”, — deb yozdi  Zelenskiy Twitter’da.

    “Ukraina har doim hushyor holatda, ammo Donbassdagi harbiy kuchlarni kamaytirish va vaziyatni keskinlashtirish bo‘yicha har qanday qadamlarni ma’qullaydi. Ukraina tinchlikni istaydi. Yordam uchun xalqaro sheriklarga minnatdorlik bildiraman”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    22-aprel kuni Qrimdagi Opuk poligonida Shoygu boshchiligida Janubiy harbiy okrug kuchlari va havo-desant kuchlari mashg‘ulotlarining asosiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlarda 10 mingdan ortiq askar, 1200 ta qurol va harbiy texnika, shuningdek, 40 dan ortiq harbiy kema ishtirok etdi.

    Wall Street Journal (WSJ) gazetasi Rossiyaning Qrim va Voronej viloyatidagi harbiy texnikalarining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini chop etdi.

    Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirida butun dunyo Donbassdagi vaziyatning jiddiylashayotgani haqida gapira boshladi. Conflict Intelligence Team surishtiruv guruhi Rossiya qo‘shinlarining Rossiya—Ukraina chegarasi hududida to‘planishini 2014—2015-yillardan beri eng keskin ko‘rsatkich deb atadi. Kiyev o‘z chegaralari yaqinida rus qo‘shinlari to‘planganini tasdiqladi va uni “o‘z kuchini ko‘z-ko‘z qilish” deb atadi. AQSh Rossiyadan mazkur “provokatsiyalar”ga izoh berishni talab qildi.

    Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Angela Merkel va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi mojaroning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Rossiya o‘z qo‘shinlarini Ukraina bilan chegaradan olib ketishi kerakligini aytgandi.

    Shuningdek, Bayden va Angela Merkel Rossiyani Ukraina bilan chegaradagi qo‘shinlarini olib ketishga chaqirgan edi. Ungacha Rossiya Ukraina chegarasiga va Qrimga 40 ming nafardan askar jo‘natgani haqida xabar berilgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani “jilovlash”da Baydendan yordam so‘ragan. Kreml esa Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush ehtimolini istisno qilgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tartibi tasdiqlandi

    Bugun, 13:18

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov vyetnamlik raqibini qiyinchiliksiz yengib, chorak finalga yo‘l oldi

    Bugun, 12:42

    Senat ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzini to‘sib yurishni taqiqlovchi qonunni maʼqulladi

    Bugun, 12:40

    Xanchjou—2022. Muhsin Hisomiddinov Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 12:38

    O‘qituvchilarning 15 foizi “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun ovoz to‘plashga jalb qilingan — “Yuksalish”

    Bugun, 12:25

    Toshkentning qator tumanlari hududida oktabr boshida issiq suv ta’minoti bir necha kunga o‘chiriladi

    Bugun, 12:10

    Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati taqdim etildi

    Bugun, 11:52

    Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir ortidan ko‘chalarni suv bosdi. Shaharda favqulodda rejim e’lon qilindi (video)

    Bugun, 11:40

    O‘zbekistonda sakkiz oyda savdo sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    Bugun, 11:20

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo e’lon qilindi

    11:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.