So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Rossiya Ukraina chegarasiga va Qrimga 40 ming nafardan askar jo‘natgani ma’lum qilindi. Zelenskiy Rossiyani “jilovlash”da Baydendan yordam so‘radi

    13.04.2021, 11:59 33853

    Rossiya Ukrainaning sharqiy chegarasiga 40 ming askarli qo‘shin tortdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning matbuot kotibi Yuliya Mendel ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, yana 40 ming askar Qrimga joylashtirilgan. Shuningdek, Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydendan Rossiyani “jilovlashda” yordam so‘radi.

    “AQSh Ukrainaning yaxshi do‘sti, ammo AQSh prezidenti Rossiyani jilovlash va Ukraina sharqidagi mojaroni to‘xtatish uchun ko‘proq harakat qilishi kerak”, — dedi Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida.

    “Kiyevga ko‘proq qurol-yarog‘ va pul kerak, ayniqsa, mamlakatning NATO’ga kirishi uchun ko‘proq yordam kerak. Agar AQSh Ukrainani NATO tarkibida ko‘rmoqchi bo‘lsa, ular buni to‘g‘ridan to‘g‘ri aytishi va amalda ko‘rsatishi kerak. So‘z bilan emas ”, — dedi prezident. Shuningdek, Zelenskiy bilan suhbatlashgan muxbir Ukrainaning NATO’ga qo‘shilishi borasida AQShning hal qiluvchi harakatlari ehtimoli kamligi, chunki bu Moskvani qo‘zg‘atishi va chegaradagi ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkinligini aytdi. “Siz haq bo‘lishingiz mumkin”, — deb javob berdi Zelenskiy muxbirga.

    “Ammo hozir nima bo‘lyapti? Biz chegaralarda nima qilyapmiz? Odamlarimiz bu yerda nima qilyapti? Ular kurashmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

    Mavzuga doir: Rossiya qo‘shinlarining Donbassga tortilishi fonida Ukraina NATOga qo‘shilish masalasini qayta ko‘tardi. AQSh bu g‘oyani hozircha nazariy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda, Kreml esa bu Donbassdagi inqirozni yanada kuchaytirishini aytdi

    12-aprel kuni ertalab Zelenskiy Ukraina sharqidagi mojaroni avj olishi masalasini muhokama qilish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish haqida Moskvaga so‘rov yubordi. Shuningdek, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Moskvadan chegarada qo‘shin yig‘ishdan maqsadi nima ekanini izohlashni  talab qildi. “Afsuski, Rossiya tomon bunday izohlar yubormasligini aytib, so‘rovga binoan muhim ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortdi”, — dedi vazirlik.

    Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Ukraina rahbarining Putin bilan muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimoslarini ko‘rmaganini va oxirgi kunlarda bunday so‘rovlar kelgan-kelmaganini bilmasligini aytdi.

    Peskov, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari o‘z mamlakati hududi bo‘ylab harakatlanayotganini va shuning uchun ular o‘zlari ma’qul ko‘rgan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanishi mumkinligini bir necha bor ta’kidladi. Prezident vakili, shuningdek, qo‘shinlarni qayta joylashtirish boshqa davlatlar uchun xavf tug‘dirmasligini aytdi.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Donbassdagi barcha tomonlarning ziddiyat keltirib chiqarishdan tiyilishga va mojaroning avj olishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni to‘xtatishga chaqirmoqda.

    “Mojaroda ishtirok etayotgan va unga aloqador bo‘lgan barcha tomonlardan shuni so‘raymizki, maksimal darajada vazmin bo‘ling, mojaroning avj olishiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlar va ritorikalardan saqlaning.  Barcha masalalar o‘zaro muloqot orqali hal qilinishi kerak ”, — dedi BMT bosh kotibining vakili Stefan Dyujarrik.

    Shuningdek, u mojaro zonasida insonparvarlik muammolari ko‘payib borayotganidan BMTning tashvishda ekanini alohida ta’kidladi. Dyujarrikning ta’kidlashicha, tashkilot Ukraina sharqida o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishi, qo‘shinlarning harakatlari ko‘paygani haqidagi xabarlarni xavotir bilan kuzatmoqda.

    O‘z navbatida G7 mamlakatlari (Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh) tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi vakili Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegaralariga va Qrimga joylashtirlishidan xavotir bildirib, Rossiyani ushbu “provokatsiyalarni to‘xtatishga” chaqirdi.

    “Ushbu katta hajmdagi ogohlantirilmagan qo‘shin tahdid soluvchi va beqarorlashtiruvchi harakatlarni keltirib chiqarmoqda. Biz Rossiyani xalqaro majburiyatlarga muvofiq provokatsiyalarni to‘xtatishga va keskinlikni darhol yumshatishga chaqiramiz”, —  deyiladi G7 bayonotida.

    Vazirlar, shuningdek, Rossiyaga Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti faoliyati prinsiplarini eslatdi va uni harbiy kuchlar harakatining shaffofligi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi. Ular Ukraina sharqidagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishning yagona yo‘li Minsk kelishuvlarining amalga oshirilishi ekanini aytdi.

    Mavzuga doir:

    • Kreml Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush ehtimolini istisno qildi
    • Ukraina prezidenti Donbassga bordi, kaska va zirhli nimcha kiyib okoplarga tushdi va vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi (foto)

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?