Ayni damda yurtimiz kinoteatrlarida bir qator qiziqarli o‘zbek filmlari namoyishi boshlangan. Birinchisi, shoir va yetuk ijodkor hayoti haqida hikoya qiluvchi “Muqimiy” filmi bo‘lsa, ikkinchisi, tarixiy-fantastik janrdagi “Hayrat” dramasidir. Shuningdek, “Orzular qanotida” myuzikli ham kuni kecha premyera qilinib, keng tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
Kinematografiya agentligi tomonidan taqdim etilayotgan uchta film ham e’tiborga molik. “Hayrat”da Bobur Yo‘ldoshev va o‘zbek kinosining so‘nggi porlagan aktrisalaridan Feruza Saidova ishtirok etgan. Bu rejissor Zulfiqor Musoqovning navbatdagi ishi.
Tarixiy janrdagi “Muqimiy” filmiga rejissor Fotih Jalolov yangi ko‘rinishlar bilan birga Adiz Rajabovni jalb etgan. “Orzular qanotida” komediyasida esa tajribali va o‘ziga xos Farhod Abdullayev, Sevara Soliyeva va Muhammadsoli Yusupovlarni ko‘rish mumkin.
Shu bilan birga, yaqin kunlarda o‘zbek va qozoq xalqlarining qadimiy do‘stligi haqida so‘zlovchi “Meros” hamda Hamid Olimjon va Zulfiyaga bag‘ishlangan “Muhabbat bahori” filmlarining premyerasi ham kutilmoqda. So‘nggi paytlar anchagina ovoz chiqarishga ulgurgan “Men terrorchi emasman” blokbasteri ham kinoteatrlarda namoyish etilgani yo‘q. Uni ham kutib qolamiz! Hozircha esa yuqoridagi uch filmni kinoteatrga tushib, tomosha qilish imkoni mavjud.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)