• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bir tilni barcha uchun majburiy ‘xalq tili’ga aylantirishdan tiyilaylik” — Rasul Kusherbayev

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 20-aprel kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar “ ‘O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida’gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bobma-bob, moddama-modda ko‘rib chiqdi. Parlament quyi palatasi matbuot xizmatining qayd etishicha, loyihadagi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida davlat tilining qo‘llanilishi bilan bog‘liq masalalar qizg‘in bahs-munozalarga sabab bo‘ldi.

    “Milliy tiklanish” fraksiyasi raisi, deputat Alisher Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi muhokamasida “XDPning sovetcha qarashlari va ‘Milliy tiklanish’ni azaldan jini suymaydiganlar bilan qonunga jiddiy e’tibor bermayotganlarning kayfiyatlari” ustuvorlik qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “O‘zbek tili qadrini ko‘tarish va uni ustuvorligini ta’minlash uchun kiritayotgan takliflarimiz ‘qolgan millatlarni xafa qilib qo‘ymasligimiz kerak’ yondashuvi bilan qabul qilinmay qoladigandek. Kechagi sessiyada shunday normalardan biri yetarli ovoz yig‘madi”, — degan u o‘zining Telegram kanalida.

    Uning aytishicha, qonun loyihasining 4-moddasida belgilangan fuqaroni davlat tilini bilmaganligi uchun huquqini cheklamaslik to‘g‘risidagi norma ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan.

    “Taxmin qilyapman, shu ketishda 11-moddadagi davlat xizmatchisiga davlat tilini bilish, 13-moddadagi davlat idoralari arizalarni davlat tilida qabul qilishi va javob berishi, 17-moddadagi barcha millatlarni o‘z ona tillarida ta’lim olishlariga ustuvorlik berish bo‘yicha normalar ham chiqarib tashlanadi”, — deydi deputat.

    “Hammani o‘ylash, albatta, yaxshi, o‘ylyapmiz ham, bu qonun loyihasida bironta boshqa millatli vatandoshlarimiz huquqini kamsitadigan norma yo‘q… lekin bu mehribonlik o‘zimizni kamsitish hisobiga bo‘lmasligi kerak… Parlament saylovlarida mas’uliyatli bo‘ling. Chunki shu yerda millat yo qaddini rostlaydi yoki tiz cho‘kadi”, — deydi Alisher Qodirov.

    O‘zLiDeP a’zosi, deputat Rasul Kusherbayev bunga javoban O‘zbekistondagi ozchilik millat vakillariga nisbatan bo‘layotgan e’tiborni “mehribonlik” uchun qilinayotgan ish mazmunida qabul qilib bo‘lmasligini aytgan. “Kim ‘mehribonlik’ so‘rabdi, kimga kerak bunday ‘mehribonlik’, tenglik kamsitishga olib borishi nima degan gap? ‘O‘zimizni’ deb kimni aytyapmiz?”, — deydi Kusherbayev.

    Foto: “Daryo ”

    Foto: “Daryo ”

    Shuningdek, davlat tili bilan bog‘liq masalani ko‘p millatli mamlakatda faqat qaysidir millat taqdiri bilan bog‘layverish noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. “Biz barchamiz ko‘p millatli O‘zbekistonning fuqarolari shu yurtning bir bo‘lagimiz”.

    “Shu mamlakatda tug‘ilib o‘sgan va mamlakat rivoji, hayoti uchun ozmi ko‘pmi hamma millatlar qatori hissa qo‘shgan ozchilik millat avlodi sifatida bunday mazmundagi gaplarni eshitish shaxsan menga og‘riqli bo‘lmoqda. Bilmadim buni tanada his qilib ko‘rish uchun O‘zbekistonda o‘zbek millatidan boshqa millat vakili bo‘lib tug‘ilib, yashab ko‘rish kerakdir. Lekin bugun buni ayrim hamkasblarimiz tanalarida his etmay, yengil o‘tib ketishdi, savollar mazmuniga chuqur kirishmadi”, — degan deputat.

    O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi masala davlat tilida ish yuritish haqida ketayotganini eslatadi va davlat ishlari bilan bog‘liq masalalarda davlat tiliga amal qilishni kuchaytirish kerakligini ta’kidlaydi.

    “Lekin bir tilni bu mamlakatdagi barcha uchun majburiy ‘xalq tili’ga aylantirishdan tiyilaylik. Chunki gap davlat tili haqida ketmoqda. Davlat tili esa bitta-o‘zbek tili, xalq tili esa ko‘p.

    Millat, millat, millat, degan so‘zni takrorlayverishni ham sal ozaytiraylik endi. Axir mamlakat birgina millatga tegishli emas-ku, og‘aynilar! Biz makon va millatni tanlab tug‘ilibmizmi? Maqsadlarimizni mamlakat, xalq, degan tushuncha bilan bog‘lashga ham o‘taylik endi. Har safar millat deyaverish shu yurtdagi boshqalar uchun kamida og‘ir botishi mumkinligini ham o‘ylaylik, ayniqsa ziyolilar”, — degan Rasul Kusherbayev.

    O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi, deputat Doniyor G‘aniyevning qayd etishicha, loyihaning 9-moddasi qizg‘in muhokama va tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Ushbu moddaning 1-qismiga ko‘ra, davlat tili faqatgina davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritish tili sifatida belgilanmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Vaholangki, bundan 30 yil avval qilingan qonunda ham davlat organlari bilan bir qatorda barcha korxona, tashkilot va jamoat birlashmalarida ham davlat tili asosiy ish yuritish tili, etib belgilangan. Lekin negadir davlat tilini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan yangi qonun loyihasida davlat tilidan foydalanish va uni tatbiq etish chegaralarini toraytirish taklif etilmoqda. Bu xuddi qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarishdek gap”, — deydi u.

    Doniyor G‘aniyevning bildirishicha, ovoz berish natijalariga ko‘ra, qonun loyihasini yangi qonun tarzida qabul qilish taklifi deputatlar tomonidan ma’qullanmagan va 1989-yilda qabul qilingan tarixiy qonun o‘z kuchida qoladigan bo‘ldi. Taklif etilayotgan yangi normalar esa asosiy qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar sifatida qabul qilinadi.

    Shuningdek, Alisher Qodirovning qonun loyihasi muhokamalarda boshqa partiya deputatlarining qonunga jiddiy e’tibor bermayotgani haqidagi gapiga munosabat bildirib, 19—20-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan muhokamalarda eng faol ishtirok etgan deputatlar O‘zLideP fraksiyasi a’zolari bo‘lganini, Alisher Qodirov va yana bir-ikki deputatni hisobga olmaganda, “Milliy tiklanish” partiyasi siyosiy fraksiyasi deputatlarining katta qismi ham negadir qonun loyihasiga befarq bo‘lib, muhokamalarda deyarli ishtirok etmaganini bildirgan.

    “Aslida, o‘zbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatida mavqeyini oshirish va mustahkamlash, partiyaviyligidan qat’i nazar har bir deputatning burchidir. Hozir ‘Davlat tili to‘g‘risida’gi qonun loyihasidan partiya manfaatlari yo‘lida foydalanishning, uning muhokamalarini partiya nufuzini oshirish nuqtayi nazaridan talqin etishning o‘rni emas”, — deb ta’kidlagan Doniyor G‘aniyev.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining qayd etishicha, qonun loyihasi parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

    Mavzuga doir: “O‘zbekning bolasi o‘zbek qadriyatlari bilan tarbiya ko‘rsin” — Alisher Qodirov ona tilini bilmaydigan “yangi avlod o‘zbeklari” haqida

    21.04.2021, 15:22   Izoh (0)   39949
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda homilador xotini, qaynanasi va ikki nafar bolani pichoqlab o‘ldirgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

    21.04.2021, 14:47

     O‘zbekistonda 22-aprel kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    21.04.2021, 13:46

    Komil Allamjonov OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bizneslarga bo‘layotgan bosimga qarshi fikr bildirdi

    21.04.2021, 13:22

    “Pishgan ovqatga solingan xom go‘sht, sariyog‘ o‘rniga ‘Spred’ ” — Samarqanddagi bog‘chalarda qator qonunbuzarliklar aniqlandi

    21.04.2021, 13:10

    Murod Xonto‘rayev Otabek Umarovning ahvoli haqida ma’lumot berdi

    21.04.2021, 12:51

    Ichanqal’ada qadimiy quduq topildi. Uning yoshi 150 da ekanligi taxmin qilinmoqda

    21.04.2021, 12:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.