• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekning bolasi o‘zbek qadriyatlari bilan tarbiya ko‘rsin” — Alisher Qodirov ona tilini bilmaydigan “yangi avlod o‘zbeklari” haqida

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanaliga o‘zbek oilalari farzanlarini rus maktablariga berayotgani sabab bolalar o‘zbek tilini bilmay va milliy o‘ziga xosligini aglamay ulg‘ayayotganidan xavotirda ekanini yozib qoldirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Deputat Rossiya prezidenti Vladimir Putining 30-mart kuni millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengaygan yig‘ilishida aytgan gaplaridan iqtibos keltirdi: “Rossiyada muhojirlarning farzandlari amalda rus tili va madaniyati muhitiga, imkoni boricha rus milliy qadriyatlariga to‘liq singib ketishiga erishish kerak”.

    Alisher Qodirov buning rus milliy manfaatlari nuqtayi nazaridan hurmat qilinishi kerak bo‘lgan, to‘g‘ri fikr ekanini ta’kidlab, “Qayerda yashasang o‘sha yerga moslashasan. Yumshoqroq bo‘lsang singib ham ketasan, albatta”, degan.

    “Biz esa 100 yildan beri rus vatandoshlarimizga o‘zbek tilini o‘rgata olmaymiz. Aksincha, o‘zbeklar farzandini rus tilida ta’lim olishga yo‘naltirayotgani odatiylashib bormoqda. Toshkent shahrida o‘zbek tilida o‘qitilmaydigan maktablar soni ko‘payib ketdi. Achinarlisi, bunday maktablarning 90 foizdan ko‘p o‘quvchilari o‘zbeklardir”, — deb yozadi vitse-spiker.

    Uning fikricha, bu qonunchilikdagi xato bilan bog‘liq masala. Qodirovning qayd etishicha, yangi tahrirda ko‘rilayotgan “Davlat tili haqida”gi qonun loyihasining 18-moddasida “O‘zbekistonda yashovchi shaxslar tarbiya va ta’lim olish tilini tanlash huquqiga egadirlar” deb belgilanmoqda. Bu huquq amaldagi qonunda ham bor bo‘lib, faqat ta’lim tiliga tegishli edi, endi tarbiya ham qo‘shilmoqda.

    “Bu norma mohiyatan boshqa millat vakili bo‘lgan vatandoshlarimizning ona tilida tarbiya ko‘rish va ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan edi. Buni qarangki, o‘zbek oilalari ‘farzandim rus tilini yaxshi bilsin’ degan niyat bilan bog‘chadan yoki 1-sinfdan boshlab farzandi uchun tamoman begona bo‘lgan tilni tanlashmoqda”, — deya ta’kidladi partiya rahbari.

    “Fojia faqat bunda emas. E’tibor bering, bolalar 5−6 sinfgacha butun diqqatini rus tilini anglash uchun (!) sarflaydi. Tabiiy ravishda boshqa muhim fanlarni rus tilida tushunmagani uchun o‘zlashtira olmaydi. Bu vaqtga kelib ikkinchi shok boshlanadi: yuqori sinflarda aniq fanlarni rus tilida o‘qitadigan pedagoglar yo‘q hisobi. Endi bola matematika va fizikani o‘zbek tilida o‘qishga majbur bo‘ladi, lekin o‘zbek tilini tushunmaydi”, — deya qayd etadi Alisher Qodirov.

    “Bola shu ikkita shok bilan, rus tilini ‘sudrab’, milliy qadriyat, vatan, ma’naviyat degan so‘zlarga nafrat bilan maktabni bitiradi. Marhamat, o‘zbek yoshlaridan iborat ishchilar guruhi. Bu holatda ularning juda ko‘pi uchun yagona yo‘l Rossiyada qora mehnat bo‘lib qoladi”, — deya qo‘shimcha qiladi deputat.

    Shu sababli, uning so‘zlariga ko‘ra, “Milliy tiklanish” partiyasining fraksiyasi ushbu normani “O‘zbekistonda yashovchi shaxslarga o‘z ona tilida tarbiya va ta’lim olish uchun sharoit yaratiladi” shaklida o‘zgartirishni tashabbus qilmoqda.

    “Eslataman, Konstitutsiyada O‘zbekistondagi barcha millatlarning tillarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga va’da berilgan. Bu va’da oshig‘i bilan bajarilmoqda, bajarilishi ham kerak. Lekin bag‘rikengligimiz oqibatida o‘zbeklarning yangi avlodi o‘zligini anglamaydigan, ona tilini bilmaydiganlardan iborat bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — deydi spiker o‘rinbosari.

    “O‘zbekning bolasi o‘zbek qadriyatlari bilan tarbiya ko‘rsin, savodini o‘zbek tilida chiqarsin, 7-sinfdan boshlab istagan xorijiy tilni o‘rgansin, bu millat rivoji uchun zarur”, — deya ta’kidladi deputat.

    “Boshqa millat vakillari bo‘lgan vatandoshlar ham ona tillarida tarbiya ko‘rsinlar, savod chiqarsinlar, lekin xorijiy tillar bilan bir qatorda, vatan tili sifatida o‘zbek tilini ham o‘rganishlari kerak”, — deya xulosa yasaydi Alisher Qodirov.

    Avvalroq Alisher Qodirov reklamalarda hayosizlik va pornografiya bemalol bo‘lib qolgani, OTM tarbiya maskani emasligi talaba faqat bilim olish uchun kelishi lozimligi to‘g‘risida fikr bildirgandi.

    Mavzuga doir: “Milliy tiklanish” partiyasidan Oliy Majlisga saylangan Akmal Saidov partiya rahbari Alisher Qodirovni populistlikda aybladi

    16.04.2021, 11:47   Izoh (0)   14411
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Mahallabay ishlash markazi tashkil etilishini ma’lum qildi

    16.04.2021, 11:41

    Shavkat Mirziyoyev: “Samarqand qachon shiddat bilan rivojlanadi, degan savol meni ko‘p qiynaydi”

    16.04.2021, 11:26

    Toshkent hokimligi “Shahidlar xotirasi” majmuasida boshlangan qurilish ishlari yuzasidan izoh berdi

    16.04.2021, 11:10

    “Adashib yurgan rahbarlar juda ko‘p” — Shavkat Mirziyoyev xalq ishonchiga munosib ishlamayotgan amaldorlarni tanqid qildi

    16.04.2021, 11:02

    O‘zbekistonda bir kunda salkam 300 kishida koronavirus aniqlandi

    16.04.2021, 10:14

    Sergelidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    16.04.2021, 10:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.