O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar—mart oylarida jami 44 454 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning mos davrida 75 635 dona avtomobil ishlab chiqarilgan edi.
Qo‘mita ma’lumotlarida qayd etilishicha, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham pasaygan. Respublikada 2021-yil yanvar–mart oylarida jami 891 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2020-ilning mos davri (1014 dona) bilan taqqoslaganda 12,1 foizga kam.
Bundan tashqari, mamlakatda 2021-yilning yanvar—mart oylarida 147 dona avtobus ishlab chiqarilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,9 foizga pasaygan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar—mart oylarida eng ko‘p — 12 682 dona Cobalt ishlab chiqarilgan.
Qolgan mashinalar ulushi esa quyidagicha:
- Damas — 12 051 dona;
- Lacetti-Gentra — 8 399 dona;
- Nexia T-250 — 6 958 dona;
- Labo — 2 564 dona;
- Spark — 1 800 dona.
Izoh (0)