• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh Lukashenkoga nisbatan suiqasdga aloqasi borligini rad etdi

    Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga suiqasd tayyorlashda AQShning ishtiroki borligi haqidagi xabarlar “mutlaqo yolg‘on”. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakilining so‘zlariga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Biz Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarida Aleksandr Lukashenkoga qarshi fitna uyushtirilgani to‘g‘risidagi xabarlarni hamda Lukashenkoning bu haqdagi OAVda to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayonotlarini ko‘rdik. Buning ortida AQSh hukumati turgan yoki Lukashenkoning o‘ldirilishiga urinish bo‘lgan, degan har qanday taxmin mutlaqo yolg‘ondir”, — dedi department vakili.

    17-aprel kuni Lukashenka o‘zi va bolalarining hayotiga tahdid yaqinlashib kelayotgani haqida bayonot bergan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya Amerika maxsus xizmatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, ular esa o‘z navbatida AQSh “yuqori siyosiy rahbariyati” tomonidan buyurtma qilingan.

    Shuningdek, respublika davlat xavfsizligi tergov bo‘limi boshlig‘i Konstantin Bychek ONT telekanalida AQSh fuqaroligiga ega belaruslik advokat Yuriy Zenkovich to‘ntarishning asosiy tashkilotchisi deb topilganini aytgan. “Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Zenkovich, AQSh razvedka xizmatlariga aloqador bo‘lgan. Belarus hududida u tekshiruvlar o‘tkazgan, amaldagi hukumatni zo‘rlik bilan ag‘darishda ishtirok etishga tayyor qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari harbiy xizmatchilarini pul mukofoti uchun yollashga va pora berishga uringan”, — dedi u.

    Bychekning so‘zlariga ko‘ra, tergov bo‘limi Zenkovichning harbiylar va “boshqa terroristik guruhlar” a’zolari bilan uchrashuvlarini hujjatlashtirgan. “Biz yashirin operatsiyalar orqali harbiy xizmatchilarga noqonuniy pul mukofotlarini o‘tkazish bo‘yicha ikkita holatni qayd etdik”, — dedi u.

    Undan tashqari, Lukashenkoning aytishicha, davlat to‘ntarishi va suiqasd uyushtirishda Belarus Xalq fronti muxolifat partiyasi rahbari Grigoriy Kastusev ham ishtirok etgan. Bir necha kun oldin Kostusev hibsga olingan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

    Belarusda jinoyat kodeksining 357-moddasi (fitna yoki konstitutsiyaga zid ravishda hokimiyatni egallashga qaratilgan boshqa harakatlar) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bychekning so‘zlariga ko‘ra, respublikada birinchi bor mazkur modda bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Ushbu moddaning 1-qismiga binoan jazo (hokimiyatni egallashga yoki odamlarning o‘limiga olib kelmagan fitna) sakkiz yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

    “AQShdan uchib kelgan ‘agentlar’ nihoyat Moskvada qo‘lga olindi”, — deb ta’kidladi Lukashenko. Uning bayonotidan so‘ng, Rossiya FXB Moskvada Zenkovichni va belaruslik Aleksandr Fedutni hibsga olgani haqida xabar bergan edi.  FXB ma’lumotlariga ko‘ra, ular shaharga AQSh hamda Polshadagi maslahatlashuvlardan keyin Belarus qurolli kuchlarining muxolifat tomonga o‘tgan generallari bilan uchrashish uchun kelgan. Ta’kidlanishicha, ular Belarusda “mahalliy va ukrainalik millatchilarni jalb qilgan holda ishlab chiqilgan rang-barang inqiloblar ssenariysi bo‘yicha” harbiy to‘ntarishni hamda Lukashenkoning hayotiga suiqasd qilishni rejalashtirishgan.

    FXBning operativ kadrlari “Rossiya 1” telekanali tomonidan namoyish etildi. Xususan, ularda ba’zi Belarus generallari bilan uchrashuvda gumonlanuvchilar to‘ntarishdan keyin Belarus Polsha tajribasiga ko‘ra “o‘sib borayotgan demokratiya”ning inkubatoriga aylanishi kerakligini ta’kidlagani, aytilgan. “Chunki agar hozir saylovlar o‘tkazilsa, u holda Lukashenkoning o‘rniga uning o‘g‘li saylanadi. Va yana 25 yil davomida hech narsa o‘zgarmaydi”, — degan Zenkovich. Bundan tashqari, FXB ma’lumotlarida gumonlanuvchilar prezidentni lavozimidan chetlashtirish va uning mol-mulkini egallash rejalarini e’lon qilgani aytilgan.

    O‘z navbatida, prezidetnlik saylovlarida Lukashenkoga yutqazgan, Belarus muxalifati yetakchisi Svetlana Tixanovskiy prezidentga yaqinlashib kelayotgan suiqasd va davlat to‘ntarishi haqidagi Belarus va AQSh fuqarolarini o‘ziga qaratgan xabarlarda rossiyaliklar va Belarus maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan provokatsiya alomatlari borligini ta’kidlagan.

    Mavzuga doir:

    • Lukashenko tez orada nafaqaga chiqishini aytdi
    • Lukashenko hokimiyatni o‘g‘illariga topshirishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

    19.04.2021, 13:56   Izoh (0)   12704
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Misrda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi, 11 kishi halok bo‘lib, 100 ga yaqin odam jarohatlandi (foto va video)

    19.04.2021, 12:10

    Amerikaning Chikago va Ostin shaharlarida otishmalar sodir bo‘ldi. Qurbonlar orasida 7 yoshli qizcha bor

    19.04.2021, 11:26

    Rossiya 2025-yildan Xalqaro kosmik stansiyasidan ketib, o‘z orbital stansiyasini yaratadi

    19.04.2021, 10:23

    Isroilda aholiga niqob taqish majburiyati bekor qilindi

    19.04.2021, 09:31

    “Agar Putin Navalniyning koloniyada o‘lishiga qo‘yib bersa, ‘qotil’ degan nomni oqlagan bo‘ladi”. Dunyo matbuoti Navalniyni qo‘llab-quvvatlamoqda. AQSh ham Rossiya...

    19.04.2021, 08:36

    Turkmaniston prezidentining otasi 89 yoshida vafot etdi

    19.04.2021, 00:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.