Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida OKMK 15-aprel, payshanba kuni “Al-Hilol” bilan bahs yuritdi.
Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. 11-daqiqada Zafar Polvonov darvozabonning xatosidan foydalanib, hisobni ochdi. 27-daqiqaga kelib esa Sardor Rahmonov qanotdan oshirilgan to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Lusiano Vyetto mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Jamoalar shu hisobda tanaffusga yo‘l oldi.
Ikkinchi 45 daqiqalik Mirjalol Qosimov shogirdalarining hujumlari bilan boshlandi. Ana shu hujumlarning birini Sanjar Shoahmedov 70-daqiqada gol bilan yakunlandi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Shu tariqa OKMK OChLdagi debyut o‘yinida durang natija qayd etdi.
Ikkinchi turda Olmaliq klubi “Istiqlol” (Tojikiston) bilan kuch sinashsa, “Al-Hilol” “Shabob Al-Ahli”ga (BAA) qarshi maydonga chiqadi.
OChL
Guruh bosqichi, 1-tur bahsi
“Al-Hilol” — OKMK 2:2
Gollar: 0:1 — 11 Polvonov, 1:1 — 27 Rahmonov avtogol, 2:1 — 37 Vyetto, 2:2 — 70 Shoahmedov.“Al Hilol”: 1.Abdulloh al-Mayyuf, 2.Muhammad al-Burayk, 5.Ali Xadi al-Bulayhi, 8.Abdulloh Otayf, 10.Lusiano Vyetto (26.Favaz al-Terais, 63), 12.Yosir ash-Shahroni, 18.Bafetimbi Gomis, 19.Andre Karilyo (16.Nosir al-Dovsari, 75), 20.Jang Hyun Su, 27.Xatan Baxbri (11.Solih ash-Shahri, 75), 28.Muhammad Kanno.
OKMK: 35.Valijon Rahimov, 77.Dilshod Ahmadaliyev (20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 86), 8.Bobur Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar Shoahmedov, 62), 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo‘rayev, 86), 11.Murod Toshmatov (94.Elvin Fortes, 62), 9.Zafar Polvonov, 10.Husniddin G‘ofurov (28.Shohrux Gadoyev, 41).
Izoh (0)