UEFA mehmondagi gol qoidasini o‘zgartirish ustida ishlamoqda, deya xabar qilmoqda The Telegraph.
Hozirda tashkilot doirasidagi musobaqalar pley-off bosqichida ushbu qoida amal qiladi. Unga ko‘ra, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob teng kelib qolgan taqdirda safarda ko‘proq gol urgan jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi.
UEFA ko‘rib chiqayotgan o‘zgarishga binoan ushbu qoida qo‘shimcha bo‘limlar tayinlangandan keyin ishlamaydi. Bu qoida faqat asosiy vaqt uchun taalluqli bo‘ladi.
Shu bilan birga UEFA ushbu qoidadan butunlay voz kechish taklifini rad etgan. So‘nggi qarorni UEFA ijroqo‘mi chiqaradi.
Ushbu qoida 56 yildan beri amal qilib keladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)