• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fransiya hukumati qisqa aviaparvozlarni bekor qilishga qaror qildi. Mamlakat shu tariqa iqlim o‘zgarishi bilan kurashmoqchi

    Fransiya Milliy majlisi hukumatning taklifiga binoan qisqa masofalarga amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarni taqiqlash uchun ovoz berdi, deb yozmoqda Le Figaro. Ushbu qaror mamlakatning karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha umumiy strategiyasining bir qismi sifatida qabul qilindi.

    Foto: “Besthqwalpapers.com”

    Foto: “Besthqwalpapers.com”

    Endi bu taqiqni Fransiya Senati ma’qullashi kerak. Agar shunday bo‘lsa, Milliy majlisda qarorni uzil-kesil tasdiqlovchi yakuniy ovoz berish bo‘lib o‘tadi. Reuters’ning ma’lum qilishicha, quyi palataning ko‘pchilik vakili “Olg‘a, Fransiya” prezident tarafdorlari partiyasining a’zosi va uning ittifoqchilari bo‘lgani uchun ushbu qarorning tasdiqlanish ehtimoli yuqori. Lekin Senatda muxolifatchilar ko‘pchilikni tashkil etadi, deb yozmoqda Deutsche Welle.

    Agar hujjat har ikki palata tasdiqlovining barcha bosqichlaridan o‘tsa, aviakompaniyalar biridan ikkinchisiga poyezdda ikki yarim soatdan kamroq vaqtda borish mumkin bo‘lgan Fransiya shaharlari orasidagi mahalliy parvozlarni amalga oshira olmaydi. Natijada aviakompaniyalarning Parij, Nant, Lion yoki Bordo o‘rtasidagi parvozlari bekor qilinadi.

    Aviakompaniyalar qonun loyihasini tanqid qilib, koronavirus pandemiyasi sababli sanoat inqirozi paytidagi noo‘rin qaror deb atadi: hatto yangi taqiqlar joriy qilinmagan taqdirda ham, aviaqatnovlar bozori 2024-yilga kelibgina 2019-yildagi holatiga qaytishi kutilayotgan edi.

    Parlamentda ovoz berilishidan atigi uch kun oldin hukumat bundan avvalroq rekord yo‘qotishlarni qayd etgan Air France milliy aviakompaniyasiga 4 milliard yevrolik yordam paketi ajratilishini ma’qulladi. Bu hukumatning Air France’ga ikkinchi yordami — 2020-yilda kompaniya 7 milliard yevro miqdorida moliyaviy ko‘mak olgan edi.

    Shuningdek, qisqa yo‘nalishlardagi parvozlarga taqiq qo‘yish uchun ovoz berish aslida shu paytgacha mavjud bo‘lgan vaziyatni yuzaga chiqaradi, chunki 2020-yilning may oyida Air France moliyaviy yordam evaziga ushbu yo‘nalishlardan voz kechishga majbur bo‘lgan edi, deb yozmoqda RFI. Endi bu chora raqobatchi aviakompaniyalarning ham ushbu yo‘nalishlarda parvoz qilishini taqiqlaydi.

    Mamlakat prezidenti Emmanuel Makron tashabbusi bilan 2019-yilda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish g‘oyalarini muhokama qilish uchun tuzilgan maslahat guruhi — Fransiya Fuqarolik konventi (ba’zi mamlakatlarda saylab qo‘yiladigan alohida davlat organi) tomonidan qisqa masofadagi parvozlarni taqiqlash nizomi taklif qilindi.

    Makron konventga 2030-yilgacha karbonat angidrid ajralmalarini 1990-yilga nisbatan 40 foizga kamaytirish choralarini ishlab chiqishni topshirdi. Konventning boshqa takliflari qatorida yo‘ltanlamas avtomobillarining reklamasini taqiqlash, elektromobillar uchun kreditlar joriy qilish, azotli o‘g‘itlar uchun soliqlarni oshirish choralari ham ko‘zda tutilgan.

    Konvent avvaliga biridan ikkinchisiga poyezdda to‘rt soatda borish mumkin bo‘lgan shaharlar orasidagi parvozlarni taqiqlash taklifini berdi, lekin parlament muhokamasida bu talab yumshatildi.

    Fransiya issiqxona gazlarini kamaytirish uchun aviaqatnovlarni cheklashga harakat qilayotgan Yevropadagi birinchi davlat emas. 2020-yilda Avstriya hukumati 350 kilometrdan kamroq masofaga aviaparvozlar chiptalariga 30 yevrodan soliq solgan edi, shuningdek, Vena—Zalsburg yo‘nalishidagi parvozlarni bekor qilish evaziga Austrian Airlines milliy aviakompaniyasiga subsidiyalar taqdim etdi. 2019-yil Niderlandiya parlamenti Amsterdam va Belgiya poytaxti Bryussel o‘rtasidagi parvozlarni bekor qilishni ma’qullab ovoz berdi, lekin bu nizom Yevropa Ittifoqining mamlakatlari o‘rtasida erkin harakatlanish to‘g‘risidagi qonunchiligiga zid bo‘lgani uchun amaliyotga tatbiq etilmadi.

    Mavzuga doir:

    • Dunyoning eng boy odamlari iqlim inqiroziga sabab bo‘ldi — OAV
    • Iqlim o‘zgarishi tufayli qishloq xo‘jaligi mahsuldorligi 50 yilda 21 foizga pasayib ketdi
    • Saudiya Arabistonida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash uchun 10 mlrd daraxt ekiladi

    16.04.2021, 07:07   Izoh (0)   18957
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayden va Putinning suhbatidan keyin AQSh harbiy kemalarining Qora dengizga yuborilishini bekor qildi

    15.04.2021, 20:50

    Bayden va Merkel Rossiyani Ukraina bilan chegaradagi qo‘shinlarini olib ketishga chaqirdi

    15.04.2021, 18:35

    AQSh davlat kotibi kutilmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi

    15.04.2021, 17:42

    AQShning ortidan NATO, Gruziya, Bolgariya ham qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishini e’lon qildi

    15.04.2021, 17:26

    Turkiya va Hindistonda rekord darajada ko‘p odam koronavirusga chalindi, Rossiyaga har qanday transportda qaytayotgan fuqarolar test topshirishi shart, Qozog‘iston...

    15.04.2021, 16:10

    OAV: AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorladi. Rossiya diplomatlari AQShdan chiqarib yuboriladi va Rossiya davlat qarziga nisbatan cheklovlar o‘rnatiladi...

    15.04.2021, 14:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi klinikada 9 yoshli bola burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 15:53

    Dunyoda har 4 kishidan biri toza ichimlik suvi yetishmovchiligidan aziyat chekadi — BMT hisoboti

    Dunyo | 26 avgust, 15:45

    Saudiya Arabistonidagi deportatsiya markazida saqlanayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 15:30

    Vizasiz rejim, ekstraditsiya, oliy ta’limda hamkorlik: O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 15:29

    O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 26 avgust, 15:18

    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi

    Reklama | 26 avgust, 13:30

    Mashhurlik cho‘qqisida kinoni tark etgan Gollivud yulduzlari

    Shou-biznes | 26 avgust, 15:10

    O‘zbekistonda ishsizlar kasb va xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 14:55

    Xitoy paradda AQSHga zarba bera oladigan qurollarini ko‘rsatadi

    Dunyo | 26 avgust, 14:45

    Issiq ob-havo qarish jarayonini tezlashtiradi — tadqiqot

    Ilm-fan | 26 avgust, 14:30

    Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonidagi faoliyati: hujumchi sovrinlarni pulga almashtirdimi?

    Sport | 26 avgust, 14:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.