• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyaga qurilish sohasida ishlashga kelgan mehnat muhojirlarining uchdan bir qismi kuryerlikka o‘tib ketishi ma’lum bo‘ldi

    Rossiyada ishlash uchun qurilish kompaniyalari tomonidan chet eldan maxsus olib kelingan quruvchilarning uchdan bir qismigacha bo‘lgan qismi boshqa sohalarga ayniqsa, maoshi yuqori bo‘lgan kuryerlik ishiga o‘tib ketadi. Bu haqda Rossiyaning “Inteko” kompaniyalar guruhi rahbari Aleksandr Nikolayev “RBK”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Nikolayevning so‘zlariga ko‘ra, bu qurilish sohasi uchun “ulkan muammo” bo‘lib qolmoqda. U kuryerlarning ish haqi quruvchilarning ish haqidan yuqori yoki u bilan solishtirish mumkin, ammo yetkazib berishda ishlash “obyektiv ravishda osonroq”, “12 soat davomida qattiq ishlash” shart emasligini aytib o‘tdi. Qurilish vazirligi huzuridagi jamoat kengashi a’zosi bo‘lgan Nikolayevning ta’kidlashicha, ushbu muammo ham tegishli vazirlik, ham Ichki ishlar vazirligi va boshqa davlat idoralari bilan muhokama qilinmoqda.

    Pandemiyadan oldin Moskvada bitta ishchi kompaniyaga o‘rtacha 50—60 ming rubl (658—790 dollar)ga tushgan bo‘lsa, endi ishchilarning narxi 100—110 ming rubl (1317—1449 dollar)gacha o‘sdi, deydi Nikolayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, xarajatlar ish haqining oshishi hisobiga ham, mamlakatga quruvchilarni olib kirish xarajatlari hisobiga ham oshgan. “Ishchilarni olib kelish, joylashtirish, ovqat, suv bilan ta’minlash, tibbiy sug‘urta uchun pul to‘lash, patent uchun pul to‘lash kerak”, — deb sanab o‘tdi Nikolayev.

    “hh.ru” xabariga ko‘ra, 2020-yilda Moskvada qurilish va pardozlash ishlari bo‘yicha bir mutaxassisning o‘rtacha ish haqi 64,4 ming rubl (taxminan, 843 dollar)ni tashkil etgan. Hududlarda o‘rtacha ish haqi darajasi 58,9 ming rubl (taxminan, 763 dollar) bo‘lgan. “A101” kompaniyalar guruhining rivojlanish departamenti direktori Pavel Turkovning so‘zlariga ko‘ra, qurilish maydonchasidagi daromad oyiga 90 ming rublni (1185 dollar) tashkil qilishi mumkin.

    Kuryerlarning ish haqi bo‘yicha takliflari 2019-yil apreldan 2020-yil oxirigacha 35 dan 45 ming rublgacha (o‘rtacha 526 dollar) ko‘tarilgan. Shu bilan birga, SuberJob ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvada kuryerlar piyoda 80 ming rubl (1053 dollar)gacha, shaxsiy mashinasi bilan esa 100 ming rublgacha (1317 dollar) pul ishlashi mumkin.

    Qurilish maydonlarida ishchilar yetishmasligi muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda, deya xulosa qiladi Nikolayev. “Qaysi turdagi ishchi kuchining yetishmasligi haqida turli manbalarda turli xil raqamlar aytib turadi. Shunga qaramay, bu nafaqat turar joy qurilishida, balki umuman qurilish sohasida yuz minglab odamlarni tashkil qiladi”, — deya ta’kidlaydi u.

    Pudratchi kompaniyalar ishchilar uchun raqobatlashadi: agar ishchilarga yanada mo‘mayroq daromad taklif etilsa, ular boshqa qurilish maydonchasiga ko‘chib o‘tishi mumkin, deydi “Granel” kompaniyalar guruhining qurilish bo‘yicha direktori Andrey Zimonov. Ammo Zimonovning so‘zlariga ko‘ra, “Granel”ning pudratchilari olib kelgan quruvchilarda kasbini o‘zgartirish holati yuz bermagan.

    Moskvadagi qurilish maydonlarida MDH mamlakatlaridan qurilish mutaxassisliklari bo‘yicha ishchilarni jalb qilish muammosi saqlanib qolmoqda, deydi Turkov. Ammo Turkov buning sababini MDH davlatlari quruvchilarining O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarda yirik va faol rivojlanayotgan qurilish loyihalari ko‘rinishidagi alternativga ega bo‘lishida ko‘radi.

    “Koronavirus tahdidi hanuzgacha saqlanib qolmoqda, ko‘pchilik ishchilar buni Moskvadagi qurilish loyihalarini to‘xtatuvchi xavf deb biladi va mazkur sharoitda ular iqlim va ruhiy jihatdan yaqinroq muhitda, virus cheklovlari unchalik qattiq bo‘lmagan mamlakatlarda ishlashni tanlaydi”, — dedi Torkov.

    “RBK” xabar berishicha, Qurilish vazirligi yanvar oyida uy-joy va infratuzilma obyektlarini qurish uchun Rossiyaga xorijiy fuqarolarni olib kirish mexanizmini ishga tushirgan. Quruvchilar asosan O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘istondan keladi. Bosh vazir o‘rinbosari Marat Husnullin mehnat muhojirlarining chiqib ketishi Rossiyada 2020-yilda uy-joy narxlari ko‘tarilishining asosiy sabablaridan biri bo‘lganini bir necha bor ta’kidlagan. Aprel oyida prezident Vladimir Putin Federal Monopoliyaga qarshi kurashish xizmatiga Rossiyada uy-joy narxlarining ko‘tarilishini tekshirishni buyurdi: o‘tgan yil davomida kvartiralar narxi o‘rtacha 12 foizga o‘sgan, ayrim hududlarda o‘sish 20—30 foizga yetgan.

    Mavzuga doir:

    • Rossiyada yirik loyihalarni amalga oshirish uchun mehnat muhojirlari yetishmayotgani ma’lum qilindi
    • Rossiyada muhojirlar uchun alohida davlat xizmatlari portali ochiladi

    15.04.2021, 06:36   Izoh (0)   51588
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada ikki poyezd to‘qnashdi (foto)

    14.04.2021, 23:46

    Ekologlar Yaponiyaning “Fukusima-1” AESdagi radioaktivli suvni okeanga to‘kish qaroridan xavotirda

    14.04.2021, 21:59

    AQSh NATOga Afg‘onistondagi qo‘shinlarini “uyga qaytarish” vaqti kelganini aytdi

    14.04.2021, 21:12

    Bitkoin narxi birinchi marta 64 ming dollardan oshib, tarixiy rekordni yangiladi

    14.04.2021, 18:59

    Ramzan Qodirov Navalniyni provokatsiyalar uchun Qur’ondan foydalanishga urinishda aybladi

    14.04.2021, 18:11

    Turkiyada karantin cheklovlari kuchaytirildi. Mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha sutkalik antirekord yangilandi

    14.04.2021, 17:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.