Ilk marotaba Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi Euroasia Insurance sug‘urta kompaniyasiga milliy va xorijiy valyutada — “B2” sug‘urta moliyaviy barqarorlik reytingini (IFSR) berdi.
Euroasia Insurance — mulk va baxtsiz hodisalarni sug‘urtalash bo‘yicha O‘zbekistonning kichik, ammo tez o‘sib borayotgan sug‘urta bozoridagi beshinchi yirik kompaniya. Euroasia Insurance mulk, transport, kredit xatarlarni sug‘urtalashni amalga oshiradi va boshqa tijorat, chakana sug‘urta mahsulotlarini, shu jumladan, 2018-yilda tashkil etilgan Euroasia Life sho‘ba korxonasi orqali hayot sug‘urtasini taklif etadi.
Ta’kidlash joizki, Euroasia Insurance sug‘urta kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi barqaror prognozi bilan “B2” reytingi berilgan xususiy sug‘urta kompaniyasi.
“B2” reytingi barqaror kompaniyaning kuchli bozordagi pozitsiyasini va brendini, shuningdek, Moody’s kompaniyasining Euroasia Insurance yaxshi rentabelligini saqlab turishini, kompaniya kapitallashuvining bosqichma-bosqich yaxshilanishini, aktivlarning sifati esa umuman barqaror bo‘lib qolishini aks ettiradi.
“Euroasia Insurance reytingini berishda ekologik, ijtimoiy va boshqaruv jihatlar (ESG) bilan bog‘liq xatarlarni tahlil qilishda korporativ boshqaruv sifati ham hisobga olingan”, — deyiladi agentlik hisobotida.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)