Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent viloyati boshqarmasining ikki mudiri pora olayotganida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu boshqarma bo‘lim mudiri X.F. “X.D.” xususiy korxonasiga qarashli O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan yer maydonidan olingan namunalar bo‘yicha epizotik kasalliklar mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani ijobiy hal qilib berish evaziga pora tariqasida 800 dollar  talab qilgan. Pullarni olgan vaqtida mudirlar Departament hamda DXXning Shayxontohur tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Uning ko‘rsatuvlariga asosan tadbir davom ettirilganda, boshqarmaning yuqumli kasalliklarga xulosa berishga mas’ul bo‘limi mudiri R.X. X.F.dan 400 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.F. va R.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Senat raisi Tanzila Norboyeva Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida sanitariya-epidemiologiya xizmati (“SES”) mutasaddilari tomonidan 1,75 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilinganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi