“Milan” A Seriya 30-turi doirasida 10-aprel kuni kechgan bahsda “Parma”ni mag‘lub etdi (3:1).
Milanliklar A Seriya 2020/21-yilgi mavsumi safar o‘yinlarida 13-marta g‘alabaga erishdi. Bu orqali jamoa shaxsiy rekordini yangiladi.
Stefano Pioli jamoasi umumiy miqdorda joriy mavsum barcha musobaqalardagi safar o‘yinlarida 16 bor g‘alaba qayd etdi. Bu 1992/93-yilgi mavsum rekordining takrorlanishi bo‘ldi.
Keyingi safar o‘yinini “Milan” 25-aprel kuni “Latsio”ga qarshi o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)