Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 31-turida “Arsenal” 11-aprel, yakshanba kuni “Sheffild Yunayted” maydonida mehmon bo‘ldi.
Dastlab 33-daqiqada Aleksandr Lyakazett hisobni ochib, “to‘pchilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 71-daqiqaga kelib Gabriel Martinelli oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 5-daqiqa qolganida esa Lyakazett dublni rasmiylashtirib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Shu tariqa “Arsenal” safarda autsayder ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Arsenal”ning ochkolari soni 45 taga yetdi va 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Sheffild Yunayted” esa (14) so‘nggi, 20-pog‘onani band etgan.
APL
31-tur bahsi
11-aprel, yakshanba
“Sheffild Yunayted” — “Arsenal” 0:3
Gollar: 0:1 – 33 Lyakazett, 0:2 – 71 Martinelli, 0:3 – 85 Lyakazett.“Sheffild Yunayted”: Remsdeyl, Ampadu, Stivens, Igan, Boldok, Norvud, Landstrem, Osborn, Flek, Berk (Bryuster, 64), Makgoldrik (Makberni, 64; Musse, 83).
“Arsenal”: Leno, Holding, Chembers, Mari, Saka (Villian, 69), Parti, Sebalyos, Pepe, Jaka, Martinelli (en-Nenni, 83), Lyakazett (Nketia, 89).
Ogohlantirishlar: Mari (80), Ampadu (90+4).
Izoh (0)