“Real” hujumkor yarim himoyachisi Lukas Vaskes La Liga 30-turi doirasida kechgan “Barselona”ga qarshi o‘yinda (2:1) jarohat oldi.
Futbolchi katalonlar yarim himoyachisi Serxio Buskets bilan bo‘lgan to‘qnashuvdan keyin o‘yinni davom ettira olmadi va 43-daqiqada zaxiraga olindi.
“Real” matbuot xizmatining xabar qilishicha, Vaskesning tizza paylarida yorilish yuzaga kelgan. Klub tiklanish muddati qancha vaqt olishini ma’lum qilmagan.
Marca’ning yozishicha, Lukas aniq 2020/21-yilgi mavsum oxirigacha maydonga tusha olmaydi.
Vaskesning asosiy ampluasi o‘ng qanot vingeri hisoblanadi, ammo futbolchi Dani Karvaxalning jarohati sabab o‘ng qanot himoyasida harakat qilayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Karvaxal, Serxio Ramos va Eden Azar jarohat tufayli “Real”ga yordam bera olmayapti. Shuningdek, Rafael Varan koronavirus sabab safdan chiqqan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)