• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda maktab direktori o‘rinbosarining o‘g‘liga ikki baho qo‘ygan ingliz tili o‘qituvchisi kaltaklandi

    Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 134-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi o‘quvchilardan birining akalari tomonidan qattiq kaltaklandi.

    Foto: Nasafnews

    Foto: Nasafnews
    Maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Shoxnur Oqqo‘ziyevning so‘zlariga ko‘ra, 6-aprel kuni 6-A sinfga darsga kirgan va tayyorlanib kelmagan o‘quvchilarga past baho qo‘ygan.

    “6 yoki 7 nafar o‘quvchiga jurnalga 3 baho, kundaliklarga esa uydagilari xabar topsin deb 2 baho qo‘ygandim. Keyin bir o‘quvchim norozi bo‘la boshladi va jahl qilib chiqib ketib qoldi. Dars tugagandan keyin jurnallarimni yig‘ishtirib pastga tushsam, o‘sha o‘quvchi kelib, ustoz sizni akam chaqiryapti deb qoldi. Men har doimgi ota-onalardan biri bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Borganimda esa 3 nafar yigit turgan ekan, senmi o‘sha zo‘ravon deb birdan qo‘limga tarmashib ketdi...

    Nima qildim men, shikoyatingiz bo‘lsa ustimdan arz qiling dedim. O‘sha vaqtda ichimga mushtlab ura boshlashdi. O‘zimni o‘sha holatda himoya qilishga harakat qildim. To‘g‘risi, kuchim yetmay qoldi. Keyin ulardan biri bo‘ynimdan bo‘g‘ib ketdi. Keyin o‘zimni yo‘qotdim”, – deydi jabrlangan o‘qituvchi.

    Shoxnur Oqqo‘ziyevning aytishicha, janjalni maktab o‘qituvchilari to‘xtatib qolgan. O‘quvchining akalari o‘qituvchini kaltaklaganidan keyin tahdid ham qilgan. “Kaltaklashgandan keyin, sen ketib qolmay turgin, kechga so‘yib ketamiz. Tayyor bo‘lib tur shu yerda, deb aytishdi. Shundan so‘ng, ona tili fani o‘qituvchisi mahalla inspektorini chaqirdi”, – deb qo‘shimcha qiladi jabrlanuvchi.

    Jabrlanuvchi 2 baho qo‘ygan o‘quvchi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining o‘g‘li ekanini, uni kaltaklagan yigitlar esa maktabning sobiq o‘quvchilari ekanini aytmoqda.

    Foto: Nasafnews

    Foto: Nasafnews

    Foto: Nasafnews

    Foto: Nasafnews

    Ta’kidlanishicha, 134-maktabning ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari maktab hududida janjal sodir bo‘lganini rad etmagan, ammo voqeaga uning farzandlari sababchimi yoki yo‘q bunga aniqlik kiritmagan.

    Kaltaklangan o‘qituvchining onasi esa o‘g‘lining keyingi faoliyatidan xavotirlanmoqda.

    “O‘g‘lim Milliy universitetning filologiya fakultetini 2020-yilda tamomlagandi. 4-kursda tahsil olayotganda viloyat hokimi Zoir Mirzayev o‘g‘limning kontraktini to‘lashga yordam bergandi. Sharti esa chekka hududlarga borib dars berishi kerak edi. O‘g‘lim hozirda 100 kilometr masofaga, Qarshi tumanidan Chiroqchi tumaniga qatnab ishlayapti. Chekka qishloqning farzandlariga chet tilini o‘rgatishga astoydil harakat qilyapti. Yaxshi niyat bilan ishga kirganiga hali atigi 6 oy bo‘ldi. Lekin tahdidlarga qolib, kaltaklangani menga ham, unga ham juda og‘ir botdi. Uning kelgusi faoliyatidan xavotirga tushyapman”, – deydi o‘qituvchining onasi Inobat Qurbonova.

    Inobat Qurbonovaning aytishicha, o‘g‘li shifoxonaga yotqizilgandan keyin “zo‘ravon” yigitlar va ularning qarindoshlari bir necha bor kelib uzr so‘ragan. Kelishib olishni taklif qilishgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda Shoxnur Oqqo‘ziyev viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Neyroxirurgiya bo‘limida davolanmoqda. Uning bilaklari, beli va oyog‘iga shikast yetkazilgan. Hodisa sodir bo‘lgan “Umakay” mahallasi profilaktika inspektori Sardor Ahmadovning so‘zlariga ko‘ra, u Shoxnur Oqqo‘ziyevga Sud tibbiy ekspertizasiga qaror chiqarib bergan, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Avvalroq Qashqadaryoda nevarasini urgani uchun o‘qituvchini haqoratlab, unga tarsaki tushirgan ayolga nisbatan sudga da’vo arizasi kiritilgani, Angrenda o‘qituvchi kaltaklagan o‘quvchining ota-onasi jarimaga tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: Asakada o‘qituvchi maktab o‘quvchisini kaltaklagani aks etgan videoga tuman xalq ta’limi bo‘limi munosabat bildirdi

    10.04.2021, 12:38   Izoh (0)   51054
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Chiptalar oldindan sotib olingani to‘g‘risidagi xabarlar asossiz”. Transport vazirligi Rossiyaga amalga oshirilayotgan aviaqatnovlarga chiptalar sotuvda qolmagani...

    10.04.2021, 12:13

    IIV Termizda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs ishini “tinchitib” yuborgan IIB faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvini o‘tkazmoqda

    10.04.2021, 11:14

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 195 kishida koronavirus aniqlandi

    10.04.2021, 10:38

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina olganlar soni COVID-19’ga chalinganlar sonidan oshib ketdi

    10.04.2021, 10:25

    Samarqandda Malibu va Hyundai to‘qnashib ketdi

    10.04.2021, 09:34

    Maktabgacha ta’lim vazirligi va “Zamin” fondi hamkorlikda inklyuziv ta’limni rivojlantiradi

    10.04.2021, 09:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.