• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Chiptalar oldindan sotib olingani to‘g‘risidagi xabarlar asossiz”. Transport vazirligi Rossiyaga amalga oshirilayotgan aviaqatnovlarga chiptalar sotuvda qolmaganiga izoh berdi

    O‘zbekiston Transport vazirligi Rossiyaga amalga oshirilayotgan aviaqatnovlar bo‘yicha aholidan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlarga izoh berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, Rossiyaga O‘zbekistondan boruvchi yo‘lovchilar oqimining haddan tashqari ko‘pligi, bugungi epidemiologik vaziyat tufayli transportning boshqa turlarida qatnovlarning amalga oshirilishiga ruxsat etilmagani, aviaqatnovlar sonining ham cheklangani talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikning keskin ortib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

    Pandemiyagacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning turli hududlaridan Rossiyaga Uzbekistan Airways avikompaniyasi haftasiga 87 ta reys bajargan bo‘lsa, Rossiya aviakompaniyalari mamlakatning turli shaharlariga haftasiga 97 reys amalga oshirgan. Faqatgina aviaqatnovlar orqali haftasiga 40 mingdan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilgan.

    Bundan tashqari, Toshkent–Moskva, Andijon–Moskva, Toshkent–Qozon, Toshkent–Volgograd, Toshkent–Saratov, Toshkent–Novosibirsk, Toshkent–Ufa, Andijon–Ufa yo‘nalishlarida muntazam ravishda haftasiga 13 ta poyezd qatnovlari amalga oshirilgan. Shu bilan birga, Toshkent–Moskva, Toshkent–Sankt-Peterburg, Toshkent–Qozon, Toshkent–Nijniy Novgorod, Toshkent–Omsk, Toshkent–Novosibirsk yo‘nalishlarida haftasiga 12 marotabadan avtobus qatnovlari amalga oshirib kelingan.

    “Aynan yuqorida keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlarning o‘zi haftasiga bor yo‘g‘i bir marotaba amalga oshirilayotgan muntazam aviqatnovlarga chiptalarning nima uchun ayni damda sotuvda qolmaganligiga izoh bo‘la olishi mumkin. Turli transport qatnovlaridan foydalangan yo‘lovchilarning barchasi hozirda o‘rnatilgan cheklov choralari sabab faqatgina aviqatnovlar orqaligina safarni amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda.

    Aviachipta narxlarini sun’iy ravishda oshirib sotish maqsadida Uzbekistan Airways kompaniyasi agentlari tomonidan chiptalarni oldindan sotib olinganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan da’volar esa mutlaqo asossizdir”, — deyiladi munosabatda.

    Uzbekistan Airways aviakompaniyasi rahbariyati eng quyi pog‘onadagi xodimlardan tortib, yuqori lavozimlardagi rahbarlarning ham aviachipta sotuvlari bilan bog‘liq turli-tuman ko‘rinishdagi noxolis xatti-harakatlarni sodir etishlariga nisbatan toqatsiz munosabatda ekanini, chipta sotuvlari bilan bog‘liq barcha jarayonlar shaffof tarzda amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatilganini ma’lum qilgan.

    Ta’kidlanishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan ayni damda Toshkent–Moskva yo‘nalishida bajarilayotgan muntazam aviaqatovlar uchun ekonom klass chipta narxi bir tomonga 4,2 million so‘mgacha, biznes-klass chipta narxlari esa 10, 736 million so‘mgacha sotilmoqda.

    “Shu o‘rinda yo‘lovchilardan tushunmovchiliklarning oldini olish uchun chiptalarni tezlashtirib xarid qilish xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat etmasligini so‘rab qolamiz. Chiptada ko‘rsatilgan va o‘zingiz to‘lagan narxni taqqoslashingizni tavsiya etamiz”, — deyiladi vazirlik izohida.

    Bundan tashqari, qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaga O‘zbekistonning turli hududlaridan charter qatnovlari amalga oshirilishi to‘g‘risidagi yolg‘on xabarlar tarqatilib, fuqarolarga aldov va tovlamachilik yo‘li bilan chiptalar sotuvini tashkil etayotgan guruhlarning faollashgani kuzatilmoqda.

    O‘zbekiston Transport vazirligi fuqarolardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonib, aldanib qolishlarining oldini olish maqsadida charter reyslarini amalga oshiruvchi avikompaniyalarning parvozni bajarishiga ruxsat etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Fuqaro aviatsiyasi agentligi rasmiy veb-saytidan aniqlashtirib olishlarini tavsiya etadi.

    Avvalroq Rossiya 1-apreldan O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashi to‘g‘risida xabar berilgandi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi birinchi bosqichda faqat bitta — haftasiga bir marta Moskva—Toshkent yo‘nalishi amalga oshirilishini ma’lum qilgandi. Ushbu xabardan so‘ng Rossiyaga uchuvchi samolyot chiptalariga talab 165 foizga o‘sgandi.

    10.04.2021, 12:13   Izoh (0)   23991
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIV Termizda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs ishini “tinchitib” yuborgan IIB faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvini o‘tkazmoqda

    10.04.2021, 11:14

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 195 kishida koronavirus aniqlandi

    10.04.2021, 10:38

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina olganlar soni COVID-19’ga chalinganlar sonidan oshib ketdi

    10.04.2021, 10:25

    Samarqandda Malibu va Hyundai to‘qnashib ketdi

    10.04.2021, 09:34

    Maktabgacha ta’lim vazirligi va “Zamin” fondi hamkorlikda inklyuziv ta’limni rivojlantiradi

    10.04.2021, 09:14

    Chet elda vaksina olganlar O‘zbekistonga kelgach yana emlanadimi?

    10.04.2021, 08:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.