Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 3-aprel kuni Taxtako‘pir tumani 4R-176 Nukus–Chimboy yo‘lining 108–109-kilometrida YTH sodir bo‘lgan. Nukus shahridan Taxtako‘pir tumaniga qarab kelayotgan Cobalt rusumli avtomobili yo‘lning o‘ng tarafdagi beton to‘siqqa urilgan.
Oqibatda avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Bundan avval Farg‘onada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida fuqaroni urib ketgani, Farg‘onada mast haydovchi ikki nafar piyodani urib yuborgani hamda Toshkentda Cobalt qarama-qarshi yo‘nalishdagi Lacetti’ga urilishi oqibatida ikki kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.