Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Farg‘onada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida urib ketgan fuqaro vafot etdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Telegram / “Troll.uz”

Foto: Telegram / “Troll.uz”

Qayd etilishicha, 2021-yilning 2-aprel kuni Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasiga tegishli bo‘lgan “UAZ” pikap rusumli avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.

Ushbu xizmat avtomashina haydovchisi S.Sh. xizmat yuzasidan Farg‘ona tumani, Farg‘ona—Vodil yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida piyodalar o‘tish uchun belgilanmagan joyda chap tomondan o‘ng tomonga qarab yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro B.N.ni urib yuborgan.

Shundan so‘ng harbiy xizmatchi o‘zining avtomashinasida ushbu fuqaroni shoshilinch tez tibbiy yordam Farg‘ona shahar filialiga olib borgan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Farg‘ona viloyati Harbiy prokuraturasi tomonidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda. Xizmat avtomashinasi prokuratura ixtiyoriga topshirilgan.

Bundan avval Toshkentda Lacetti va Spark to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizilgani, Samarqandda yomg‘irli havoda yuk mashinasini quvib o‘tishga uringan Cobalt “KamAZ” bilan to‘qnashgani hamda Samarqandda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Spark piyodani urib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi