Toshkent vaqti bilan 3-aprel tongida AQShning Ankasvill shahrida Bellator 255 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Usmon Nurmagomedov (12-0) promoushendagi debyut jangini o‘tkazdi.
Rossiyalik yakkakurashchiga mezbon sportchi Mayk Hemel (7-5) raqib bo‘ldi. Jang to‘liq, 3 raund davom etdi. Har bir raundda o‘z ustunligini namoyish etgan Usmon yakunda hakamlar tomonidan bir ovozdan g‘olib deb topildi — 30:27, 30:27, 29:28.
Shu tariqa Usmon Nurmagomedov Bellator’dagi debyut jangini g‘alaba bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, Usmonning akasi Umar Nurmagomedov UFC’da faoliyat yuritadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)