Belgiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jil de Bilde “Real” hujumkor yarim himoyachisi Eden Azarni tanqid ostiga oldi.
“Azar butun faoliyati davomida iqtidoriga ishondi, biroq hech qachon ishlamadi.
Sen dunyoning eng katta klubiga o‘tding, uning tarixidagi eng qimmat transferga aylanding, sen Krishtianu Ronalduni o‘rnini bosishing kerak, biroq senda ortiqcha vazn bor. Bu — Eden Azar.
Azar jismoniy formasi ustida hech qachon ishlamagan. Qora ishni qiladigan o‘yinchilar jarohatdan tezda tuzalishi mumkin, chunki ular o‘yin taqdirini hal qilmaydi. Kreativ futbolchilar esa vaziyatlar yaratish uchun o‘zini maydonda qulay his qilishi kerak.
Agar u formasini tiklay olsa, u holda Yevro—2020 ga olib ketish kerak. Chunki uning iqtidor o‘lchami shunchalikki, 15 daqiqa maydonda harakat qilishi o‘yin natijasini hal qilishi mumkin”, — deydi de Bilde.
Azar 2019-yilning yozida “Chelsi”dan “Real” safiga o‘tgandi. Belgiyalik futbolchi Madriddagi faoliyatining katta qismini jarohat bilan o‘tkazib yubormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)