“Real” hujumchisi Karim Benzema Ispaniya La Ligasining mart oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
O‘tgan oyda fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasida o‘zi ishtirok etgan 3 o‘yinda 5 ta gol urdi. 33 yoshli hujumchi “Atletiko” (1:1) bilan bahsda bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “Elche” (2:1) va “Selta”ga (3:1) qarshi uchrashuvlarda dubl qayd etdi.
Benzema mazkur sovrinni qo‘lga kiritish yo‘lida Yan Oblak (“Atletiko”), Yusuf en-Nesiri (“Sevilya”), Lionel Messi (“Barselona”), Daniel Vass (“Valensiya”), Borxa Iglesias (“Betis”) va Xerard Morenoni (“Vilyarreal”) ortda qoldirdi.
Karim Benzema La Liganing 2020/21-yilgi mavsumida 24 o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 6 ta golga hammualliflik qildi.
“Real” 28-turdan keyin 60 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinni band etib turibdi. Jamoa peshqadam “Atletiko”dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.
Izoh (0)