“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliya Premyer Ligasining mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko‘rildi.
“Chelsi” mart oyida ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi va ikkita durang qayd etdi. Qayd etish joiz mutaxassis londonliklar boshqaruviga yanvar oyida kelgandi.
https://twitter.com/premierleague/status/1377938961268678657
Mazkur sovrin uchun shuningdek, quyidagi murabbiylar kurash olib borgandi:
- Grem Potter (“Brayton”) — 3 o‘yinda 2 g‘alaba va bir mag‘lubiyat;
- Brendan Rojers (“Lester”) — 3 o‘yinda 2 g‘alaba, bir durang;
- Ole-Gunnar Sulsher (“Manchester Yunayted”) — 3 o‘yinda 2 g‘alaba, bir durang
Mavzuga doir: Angliya Premyer Ligasining mart oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)