• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    14 ta jangda 14 ta nokaut. Ahmadaliyev, Madrimov, G‘iyosov, Do‘stmatovlar Toshkentdagi boks oqshomida kimlarga qarshi jang qiladi?

    Toshkentdagi Humo Arena majmuasi 3-aprel, shanba kuni katta professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi.

    Unda o‘zbekistonlik sakkiz nafar bokschi ringga ko‘tariladi. Quyida mazkur janglar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

    Mirazizbek Mirzaxalilov (debyut) — Tasha Mjuaji (17-7-2, 5 KO)

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Mirazizbek Mirzaxalilov professional ringdagi debyutida tanzaniyalik Tasha Mjuajiga qarshi jang qiladigan bo‘ldi. Mirazizbek havaskor boksda Olimpiada chempionligidan tashqari barcha sovrinlarga ega chiqib bo‘lgan. Farg‘onalik bokschi -57 kg vazn toifasida Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari—2018 g‘olibi hisoblanadi. U 2019-yilgi Jahon chempionati oltin medali sohibi hamdir. Shuningdek, Mirazizbek Tokio Olimpiadasiga ham yo‘llanmani naqd qilgan. Uning raqibi Tasha Mjuaji esa hozirga qadar professional boksda quyidagi natijalarni qayd etgan: 26 ta jangda 17 ta g‘alaba (5 tasi nokaut bilan), 7 ta mag‘lubiyat (3 tasi nokaut bilan) va 2 ta durang. Faoliyati davomida 26 ta jangidan 23 tasini Tanzaniyada o‘tkazgan, 2 tasini Kenyada va yana 1 tasini Namibiyada. Vatanidan tashqarida o‘tkazilgan uchala jangda ham mag‘lub bo‘lgan.

    Tasha Mjuajining so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:
    • Tashi Mjuaji — Iddi Hasani Makala (nokaut evaziga g‘alaba)
    • Tashi Mjuaji — Abdallah Ngozi (ochkolar hisobiga g‘alaba)
    • Tashi Mjuaji — Paulus Ambunda (nokaut bilan mag‘lubiyat)
    Mirzaxalilov—Mjuaji jangi professional boksning yarimyengil vazn toifasida (-57 kg) o‘tkaziladi.

    Sanjar Tursunov (2-0, 1 KO) — Ivan Yuxta (3-1-1, 2 KO)

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani naqd qilib qo‘yishga ulgurgan Sanjar Tursunov professional boksda birinchi og‘ir vazn toifasida (-90,7 kg) jang qiladi. Surxondaryolik 22 yoshli bokschi prof ringda hozirga qadar 2 ta jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham g‘olib bo‘lgan. Debyut jangini 2018-yil 8-noyabrida meksikalik Migel Kubosga qarshi o‘tkazib, uni nokautga uchratgan. Ikkinchi jangini esa 2021-yil 26-fevralida belaruslik Yuriy Bixovtsevga qarshi o‘tkazgan va ochkolar evaziga g‘olib bo‘lgan. Sanjarga prof boksdagi uchinchi jangida ukrainalik Ivan Yuxta raqiblik qiladi. Uning statistikasi esa quyidagicha: 5 ta jangda 3 ta g‘alaba (2 tasi nokaut evaziga), 1 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang.

    Ivan Yuxtaning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:
    • Ivan Yuxta — Vadim Korinniy (ochkolar evaziga g‘alaba)
    • Ivan Yuxta — Bogdan Boroviy (texnik nokaut evaziga g‘alaba)
    • Ivan Yuxta — Aleksandr Filipchuk (ochkolar evaziga mag‘lubiyat)
    Tursunov—Yuxta jangi professional boksning birinchi og‘ir vazn toifasida (-90,7 kg) o‘tkaziladi.

    Iqboljon Xoldorov (debyut) — Kulva Bushiri (13-5-1, 5 KO)

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Havaskor boksdagi yorqin ishtiroki bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan Iqboljon Xoldorov nihoyat professional boksda ham debyut qiladi. Andijonlik 24 yoshli sportchi havaskor boksda 2017-yil Osiyo chempioni bo‘lgan. Shu yilda Jahon chempionatida kumush medalga ega chiqqan. 2018-yil Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Xoldorovga debyut jangida tanzaniyalik 28 yoshli Kulva Bushiri raqiblik qiladi. Uning statistikasi esa quyidagicha: 19 ta jangda 13 ta g‘alaba (5 tasi nokaut bilan), 5 ta mag‘lubiyat (3 tasi nokaut bilan) va 1 ta durang.

    Kulva Bushirining so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:
    • Kulva Bushiri — Samyuel Muloko (ochkolar evaziga g‘alaba)
    • Kulva Bushiri — Stepan Diyun (nokaut evaziga mag‘lubiyat)
    • Kulva Bushiri — Hussayn Alli (texnik nokaut evaziga g‘alaba)
    Xoldorov—Bushiri jangi professional boksning super yarimo‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) o‘tkaziladi.

    Hasanboy Do‘stmatov (2-0, 2 KO) — Muhsin Kizota (11-2, 5 KO)

    Foto: World of Boxing

    Foto: World of Boxing

    Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov Humo Arena’dagi boks oqshomida tanzaniyalik Muhsin Kizotoga qarshi jang qiladi. 27 yoshli Hasanboy 2019-yil 16-noyabrida prof boksdagi debyut jangini o‘tkazgandi. O‘shanda u meksikalik Xesus Servantes Villanuevani nokaut evaziga mag‘lub etgandi. Ikkinchi jangini esa 2020-yil 24-dekabrida Rossiyada asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Odiljon Sotqinovga qarshi o‘tkazib, uni ham nokautga uchratgandi. Kizotoga qarshi jang Do‘stmatov uchun prof ringdagi uchinchisi bo‘ladi. 21 yoshli Kizotoning statistikasi quyidagicha: 13 ta jangda 11 ta g‘alaba (5 tasi nokaut bilan), 2 ta mag‘lubiyat (1 tasi nokaut bilan).

    Muhsin Kizotoning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:
    • Muhsin Kizoto — Mbaraka Mchonge (nokaut evaziga g‘alaba)
    • Muhsin Kizoto — Siphamandla Baleni (ochkolar evaziga mag‘lubiyat)
    • Muhsin Kizoto — Hamza Mchango (ochkolar evaziga g‘alaba)
    Jang (-49 kg vaznda) vakant bo‘lib turgan WBA International kamari uchun kechadi.

    Bahodir Jalolov (7-0, 7 KO) — Kristaps Zuits (7-1-2, 7 KO)

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Professional boksning og‘ir vazn toifasi (+90,7 kg) vakili Bahodir Jalolovga navbatdagi jangida latviyalik Kristaps Zuits raqib bo‘ladi. Surxondaryolik sportchi uchun Zuitsga qarshi jang prof ringdagi 8-jang sifatida tarixdan joy oladi. 26 yoshli Bahodir prof boksdagi faoliyatini 2018-yil 5-mayida Ugo Truxilyoga qarshi jang bilan boshlagan. U barcha 7 ta jangida ham raqiblarini nokaut evaziga taslim etgan. Latviyalik 30 yoshli Zuitsning prof boksdagi statistikasi esa quyidagicha: 10 ta jangda 7 ta g‘alaba (7 tasi ham nokaut bilan), 1 ta mag‘lubiyat (nokaut bilan) va 2 ta durang. Qayd etish joiz, Zuits 2019-yil 21-sentabrida Denni Uilyamsni nokaut evaziga mag‘lub etgan. Uilyams esa 2004-yilda afsonaviy Mayk Taysonni nokautga uchratgan bokschi hisoblanadi.

    Kristaps Zuitsning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:
    • Kristaps Zuits — Nikita Smirnov (ikkala bokschi noprofessional harakatlari uchun jangdan chetlatilgan)
    • Kristaps Zuits — Denni Uilyams (nokaut evaziga g‘alaba)
    • Kristaps Zuits — Vadims Tihomirovs (texnik nokaut evaziga g‘alaba)
    Jalolov—Zuits jangi professional boksning og‘ir vazn toifasida (+90,7 kg) o‘tkaziladi.

    Isroil Madrimov (6-0, 5 KO) — Emmanuel Kalombo (14-0, 14 KO)

    Foto: World of Boxing

    Foto: World of Boxing

    Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Isroil Madrimovni bu safar bir muncha jiddiyroq raqib kutib turibdi. Xorazmlik bokschi prof ringda hozirga qadar 6 ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan. 5 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Faqatgina so‘nggi Erik Uolkerga qarshi jangigina to‘liq davom etgan. 26 yoshli sportchiga navbatdagi jangida kongolik Emmanuel Kalombo raqiblik qiladi. Gap shundagi, Kalombo hozirga qadar prof ringda 14 ta jang o‘tkazib ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga taslim etgan.

    Emmanuel Kalomboning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:
    • Emmanuel Kalomobo — Daniel Lartey (texnik nokaut evaziga g‘alaba)
    • Emmanuel Kalomobo — Enrike Lando (texnik nokaut evaziga g‘alaba)
    • Emmanuel Kalomobo — Kristiano Ndombassi (texnik nokaut evaziga g‘alaba)
    Madrimov—Kalombo jangi professional boksning super yarimo‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) o‘tkaziladi.

    Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) — Patrisio Lopes Moreno (28-4, 20 KO)

    Foto: World of Boxing

    Foto: World of Boxing

    Professional boksda allaqachon tanilib ulgurgan Shahram G‘iyosovga Toshkentdagi boks kechasida meksikalik Patrisio Lopes Moreno raqib bo‘ladi. Buxorolik 27 yoshli sportchi hozirga qadar prof ringda 10 ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan. 8 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. 26 yoshli Morenoning professional ringdagi statistikasi esa quyidagicha: 32 ta jangda 28 ta g‘alaba (20 tasi nokaut bilan), 4 ta mag‘lubiyat (1 tasi nokaut bilan).

    Patrisio Lopes Morenoning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari:
    • Patrisio Lopes Moreno — Daniel Armando Valensuela (nokaut evaziga g‘alaba)
    • Patrisio Lopes Moreno — Xose Migel Lopes Medina (ochkolar evaziga g‘alaba)
    • Patrisio Lopes Moreno — Denis Berinchik (ochkolar evaziga mag‘lubiyat)
    G‘iyosov—Moreno jangi professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) o‘tkaziladi.

    Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) — Ryosuke Ivasa (27-3, 17 KO)

    Foto: World of Boxing

    Foto: World of Boxing

    Humo Arena’dagi so‘nggi va markaziy jangda Murodjon Ahmadaliyev ishtirok etadi. Unga bu jangda yaponiyalik Ryosuke Ivasa raqiblik qiladi. Namanganlik 26 yoshli sportchi bu jang orqali o‘zining ikkinchi yarimyengil vazn (-55,34 kg) toifasidagi WBA va IBF chempionlik kamarlarini himoya qilishi lozim. Qayd etish joiz, Murodjon Daniel Romanni mag‘lub etib, mazkur kamarlarni o‘ziniki qilgandi. Roman bilan jangdan 1 yil-u 2 oy vaqt o‘tib, Murodjonga kamarini himoya qilish fursati yetdi. 31 yoshli Ivasa mazkur vazn toifasining IBF yo‘nalishi vaqtinchalik chempioni hisoblanadi. Ryosukening prof ringdagi statistikasi esa quyidagicha: 30 ta jangda 27 ta g‘alaba (17 tasi nokaut bilan), 3 ta mag‘lubiyat (2 tasi nokaut bilan).

    Ryosuke Ivasaning so‘nggi 3 ta jangidagi natijalari: 

    • Ryosuke Ivasa — Marlon Tapales (texnik nokaut evaziga g‘alaba)
    • Ryosuke Ivasa — Sesar Xuares (texnik qaror evaziga g‘alaba)
    • Ryosuke Ivasa — TJ Doheni (ochkolar evaziga mag‘lubiyat)
    Mazkur boks oqshomi Matchroom hamda World of Boxing promouterlik kompaniyalari tomonidan tashkil etilmoqda. Aynan mazkur ikki kompaniya o‘zbekistonlik bokschilar bilan shartnomaga ega.

    Barcha janglarning to‘liq videolarni bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

    03.04.2021, 16:32   Izoh (0)   23503
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Krishtianu Ronaldu “Barselona” futbolchisini qo‘llab-quvvatladi

    03.04.2021, 15:02

    Xerard Pike: Hakamlar yoshlar toifasidan boshlab “Real”ga yordam beradi

    03.04.2021, 14:01

    Murodjon Ahmadaliyevdan Bahodir Jalolovgacha. Bugun Humo Arena’da katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi

    03.04.2021, 13:00

    Usmon Nurmagomedov Bellator’dagi debyut jangida g‘alaba qozondi

    03.04.2021, 11:59

    Belgiyalik sobiq futbolchisi: “Dunyoning eng katta klubida Ronalduning o‘rnini egallashga ortiqcha vazn bilan kelish uchun Azar bo‘lish kerak”

    03.04.2021, 11:00

    Ispaniya La Ligasining mart oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

    02.04.2021, 22:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40

    “Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 90 mln yevro taklif qildi

    Sport | 12 iyul, 17:35

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.