Hujumchi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasida PSJni tark etishi mumkin.
Le Parisien nashrining xabar qilishicha, Parij klubi Mbappe bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Bu esa PSJ sport direktori Leonardoga yoqmayapti.
PSJ 2022-yilning yozida erkin agentga aylanadigan futbolchini tekinga qo‘yib yubormaslik uchun takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Parijliklar Mbappeni 120—150 million yevroga baholamoqda. Avvalgiga klub uning transferidan 200 million ishlab olishni reja qilgandi.
Mbappe 2020/21-yilgi mavsum Fransiya chempionatidagi 25 o‘yin o‘tkazib, 20 golga muallif bo‘ldi.
Futbolchiga “Real” va “Liverpul” jamoalaridan qiziqish bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)