WhoScored portali Yevropa mintaqasida futbol bo‘yicha JCh—2022 saralashining dastlabki uchta tur yakunlari bo‘yicha ramziy terma jamoani e’lon qildi.
Undan Niderlandiya terma jamoasining to‘rt nafar futbolchisi o‘rin oldi. Shuningdek, Serbiyadan ham ikki nafar o‘yinchi top-11 likdan joy olgan.
Darvozabonlar: Elia Benedetti (San-Marino, 7,6).
Himoyachilar: Mario Fernandes (Rossiya, 7,5), Kiran Tirni (Shotlandiya, 7,8), Matteys de Ligt (Niderlandiya, 7,6), Oven Veyndal (Niderlandiya, 8,5).
Yarim himoyachilar: Tomash Souchek (Chexiya, 8,1), Enis Bardi (Makedoniya, 7,9), Dushan Tadich (Serbiya, 8,3).
Hujumchilar: Stiven Bergeys (Niderlandiya, 8,6), Memfis Depay (Niderlandiya, 8,9), Aleksandar Mitrovich (Serbiya, 8,1).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)