Angliya terma jamoasi JCh—2022 saralashi 3-turi doirasida Polshaga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida “uchsherlar” sardori Harri Keyn penaltini aniq amalga oshirgan holda hisobni ochdi.
Bu “Tottenhem” forvardi uchun milliy terma jamoa safida penaltidan urilgan 10-gol bo‘ldi. Keyn bu borada Frenk Lempardni (penaltidan 9 ta gol) ortda qoldirgan holda Angliya terma jamoasi rekordchisiga aylandi.
Shuningdek, Keyn Angliya terma jamoasi safida chorshanba kuni gol urdi va haftaning har bir kunida gol ura olgan terma jamoa tarixidagi uchinchi o‘yinchi bo‘ldi. Bundan avval Lempard va Ueyn Runi bu natijaga erishgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)