Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov (2-0, 2 KO) 3-aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tarilishi va unga Aleksis Dias (25-2, 17 KO) raqiblik qilishi haqida xabar berilgandi.
Biroq ushbu boks oqshomida Do‘smatovning raqibi o‘zgardi. Endilikda -49 kilogramm vazn toifasida ringga chiqadigan bokschi tanzaniyalik Muhsin Kizota (11-2, 3 KO) bilan jang qiladi.
Qayd etish joiz, bu Hasanboy uchun professional boksdagi uchinchi jang bo‘ladi.
Mazkur boks kechasining asosiy jangida Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) Ryosuke Ivasaga (27-3, 17 KO) qarshi bellashuvda WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Do‘stmatov so‘nggi jangini 2020-yilning dekabrida Odiljon Sotqinovga qarshi o‘tkazgan va uni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)