• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fransiyada yana umummilliy karantin, Moldovada favqulodda holat e’lon qilindi, 15 million doza Johnson & Johnson vaksinasi yaroqsiz bo‘lib chiqdi. Koronaxabarlar

    So‘nggi bir kecha-kunduzda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq eng muhim xabarlar — “Daryo” koronadayjestida.

    Avstraliyada har yili Pasxa bayrami arafasida o‘tkaziladigan “Bayron bey Blyufest” xalqaro blyuz festivali koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilindi

    Avstraliyada har yili Pasxa bayrami arafasida o‘tkaziladigan “Bayron bey Blyufest” xalqaro blyuz festivali koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilindi
    Foto: Getty Images
    3-apreldan butun Fransiyada navbatdagi, pandemiya boshidan buyon uchinchi umummilliy karantin joriy qilinadi, u to‘rt hafta mobaynida amal qiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron o‘z telemurojaatida ma’lum qildi.

    Karantin doirasida quyidagi cheklov choralari kiritiladi:

    • xodimlar yana masofadan ishlashga qaytadi;
    • eng zarur mahsulotlar sotiladigan do‘konlardan boshqa hammasi yopiladi;
    • bolalar bog‘chalari, maktablar va kollejlar uch haftaga yopiladi. OTMlar talabalari haftada bir marta darsga kelishi mumkin;
    • uzrli sababsiz uydan 10 kilometrdan uzoqroqqa ketish taqiqlanadi. Hududlararo safarlar faqat Pasxa bayramlari davrida mumkin.
    Yangi karantinni joriy qilish zaruriyatini Makron Fransiyada koronavirusning “britancha” shtammi tarqalishi bilan izohladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumat COVID-19 bilan bog‘liq cheklovlarni may o‘rtalariga kelib bekor qilishni boshlashni rejalashtirmoqda.

    Bungacha karantin Fransiyaning 19 ta departamentida joriy qilingan edi (mamlakatning qit’a qismida jami 96 ta departament). Bundan tashqari, mamlakatning butun hududida kechqurun yettidan ertalab oltigacha komendantlik soati amal qilib kelgandi, barlar, restoranlar, muzey, kinoteatr va boshqa jamoatchilik joylari yopilgan edi.

    Fransiya ayni paytda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Pandemiya boshidan buyon mamlakatda 4,6 million kishida virus aniqlangan, shularning 95,5 ming nafari vafot etgan. So‘nggi bir kecha-kunduzda 59 mingdan ortiq kasallanish holati qayd etilgan.

    Mavzuga doir: Gruziyada AstraZeneca bilan emlangan hamshira komaga tushib qoldi, Fransiya, Bolgariya va Kiyevda lokdaun e’lon qilindi, Meksikada qalbaki “Sputnik V” aniqlandi. Koronaxabarlar

    Moldovada koronavirus infeksiyasining tarqalishi xavfi tufayli 1-apreldan 30-mayga qadar favqulodda holat e’lon qilindi. Favqulodda holat rejimini kiritishni yoqlab Qonunchilik majlisining 101 a’zosidan 52 nafari ovoz berdi. Moldova prezidenti Mayya Sanduning “Harakat va birdamlik” partiyasidan chiqqan deputatlar favqulodda holat uchun ovoz bermadi.

    Mamlakat bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Aureliu Chokoy hukumat hozircha to‘liq lokdaun joriy qilmoqchi emasligini aytdi. Parlament qaroriga ko‘ra, xususan, quyidagi choralar kiritiladi:

    • mamlakatdan chiqish va kirish qoidalari kuchaytiriladi;
    • mamlakat hududida harakatlanish bo‘yicha alohida rejim joriy etiladi;
    • ommaviy tadbirlar bekor qilinadi;
    • oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur buyumlarning me’yorlashtirilgan iste’moli joriy qilinadi.
    Moldovalik maktab o‘quvchilari onlayn-ta’limni davom ettiradi, dedi Chokoy. Uning aniqlik kiritishicha, respublikada epidemiologik vaziyat o‘ta yomonlashgan, vaqtinchalik hukumatda esa o‘z vaqtida choralar ko‘rish uchun vakolatlar yetarli emas. Mamlakatda COVID-19’ga chalinish holatlari og‘irlashgan, intensiv davolash bo‘limlari to‘lib ketgan. Ustiga-ustak, Moldovada koronavirusning “britancha” shtammi aniqlangan.

    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Moldovada koronavirusga chalinganlar soni 230 541 kishiga yetgan. 18-martdan mamlakatda vaksinatsiya kampaniyasi boshlandi.

    Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasining Baltimordagi zavodi xodimlari bir necha hafta avval koronavirusga qarshi vaksina masalliqlarini aralashtirishda xatolikka yo‘l qo‘ygan, oqibatda 15 million doza dori yo‘qotilgan. Bu haqda The New York Times va Bloomberg xabar bermoqda.

    Hodisa Emergent BioSolutions Inc korxonasida yuz bergan, unga esa AQSh oziq-ovqat va dorilar sifati bo‘yicha boshqarma (FDA) tomonidan Johnson & Johnson vaksinalarini ishlab chiqarish uchun sertifikat berilmagan edi.

    Johnson & Johnson dori vositasining ushbu partiyasi sifat tekshiruvidan o‘tmaganini, standartlarga muvofiq kelmaganini ma’lum qildi.

    Voqea tufayli FDA zavodni tekshiruvdan o‘tkazadi. AQSh tibbiy muassasalariga yetkazib berilgan vaksinalarning barcha partiyalari xavfsiz, chunki ular Johnson & Johnson’ning Niderlandiyadagi zavodlarida ishlab chiqarilgan, ammo keyingi partiyalar Baltimordagi zavoddan yetkazilishi rejalashtirilgan edi, endi esa tekshiruv tufayli yetkazib berish kechikadi.

    Mavzuga doir: AQShda Johnson & Johnson vaksinasi ma’qullandi, Britaniyada ham tez orada undan foydalanishga ruxsat berilishi kutilmoqda

    Shuningdek:
    • Finlyandiyada qisman lokdaun joriy qilishga qarshilik ko‘rsatildi. Finlyandiya parlamentining konstitutsiyaviy qo‘mitasi 31-mart kuni hukumatning koronavirusga chalinish darajasi yuqori bo‘lgan tumanlarda qisman lokdaun kiritish rejasini rad etdi. Bu qarordan keyin mamlakat bosh vaziri Sanna Marin hukumat lokdaun haqidagi qonun loyihasini qaytarib olishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, mamlakatda epidemiologik vaziyat jiddiy bo‘lib qolmoqda.
    • Shvetsiya hukumati koronavirus bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘lgani sababli cheklov choralari muddatini uzaytirdi. Restoran, pab, kafe, do‘kon, sport zallari va muzeylar faoliyati bilan bog‘liq cheklovlar kamida 3-maygacha uzaytiriladi.
    • Belgiyada esa huquq himoyachilari pandemiya sharoitida qabul qilingan favqulodda choralarning bekor qilinishiga erishdi. Bryussel birinchi instansiya sudi Belgiya davlatiga favqulodda choralaeni bekor qilish majburiyatini yuklovchi qarorni qabul qildi, buning uchun 30 kun muddat berildi.

    01.04.2021, 11:10   Izoh (0)   12033
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navalniy ochlik e’lon qildi

    01.04.2021, 07:46

    Qirg‘izistonda korrupsiya mojarosi fonida Oliy sud raisi lavozimidan ozod qilindi

    01.04.2021, 07:34

    Armanistonda jurnalistni kaltaklagan vazir iste’foga chiqdi

    01.04.2021, 06:36

    AQSh tashkilotlari Baydenni Putin bilan konstruktiv muzokaralar olib borishga chaqirdi

    01.04.2021, 06:21

    Rossiyada sinovdan o‘tkazilayotgan baliqchilik kemasi ag‘darilib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)

    31.03.2021, 21:58

    Italiyada Rossiya foydasiga josuslikda gumonlanib, ikki kishi qo‘lga olindi

    31.03.2021, 20:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.