• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Demokrat rahbar, chapani, tadbirkor”. Sergeli hokimi Elbek Shukurov — Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev haqida

    Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev chapani va ishbilarmon odam. Bu haqda Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov YouTube’dagi Alter Ego dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Elbek Shukurov.

    Elbek Shukurov.
    Kadr: YouTube / Alter Ego

    “O‘zbek tilida ‘chapani’ degan so‘z bor. Bu dangalchi, mahalladan chiqqan, o‘z harakatlarini qandaydir bezamaydigan odam. To‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiqchasiga nimadir deydi, nimadir qiladi. To‘g‘risi, rahbar odam uchun, nazarimda, bu yaxshi xususiyat”, — dedi Elbek Shukurov.

    Sergeli tumani hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tadbirkorlarga xos fikrlashini ham alohida qayd etib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yoki bu muammoni hal etishda poytaxt hokimida “mutlaqo farqli nuqtai nazar, farqli qarash bo‘ladi. Aynan mana shunday fikrlash ba’zan to‘g‘ri, ehtimol, g‘ayriodatiy yechim topishga yordam beradi”.

    “U menejer sifatida, boshqaruvchi sifatida, katta biznesni, katta jamoani, ulkan kompaniyani boshqargan odam sifatida, mening nazarimda, eng mos odam. Siyosatchilar, albatta, so‘zini ehtiyot bo‘lib, tanlab gapiradigan, qandaydir harakatlarni tanlab qiladigan odamlar bo‘lsa kerak. Mana shu jihatdan, ehtimol, uni eng ko‘p muhokama qilishadi. Nimadir deb qo‘ydi, nimanidir o‘ylamadi, nimadir qilmadi, deb. Bu, balki, uni siyosatchidan farqlab turadigan va boshqaruvda, imidjni yaratishda xalal beradigan jihatidir”, — deya ta’rifladi Sergelining rahbari poytaxt hokimini.

    Mavzuga doir: Sergeli tumani rahbari Elbek Shukurov hokim lavozimiga qanday tayinlanganini gapirib berdi

    Shukurovning ta’kidlashicha, Toshkentning rahbari hayotda “OAVda yoki qandaydir yig‘ilishlarda chiqish qilayotgan odamdan biroz farq qiladi”. O‘zaro suhbat vaqtida hokim ish, xalq haqida qanday qayg‘urayotganini ko‘rish mumkin, “biroq matbuot xizmati buni ko‘rsatib berolmaydi”.

    Uning ta’kidlashicha, Ortiqxo‘jayev bilan bog‘liq piar-xatoliklar dastlabki davrda Toshkent shahar hokimligida og‘riqli qabul qilingan, biroq keyin “hokimning o‘zi bunga qanday munosabat bildirayotganini ko‘rib”, vaziyat o‘zgargan.

    “‘Lyubaya biznes xorosha’ degan gapni o‘zimiz ham tez-tez muhokama qilib turamiz, shahar hokimining o‘zi ham ba’zan shu gapni ishlatib hazil qiladi. Ba’zida uning oldida shu gapni aytgan vaqtlarimiz ham bo‘ladi. Agar qandaydir jiddiy muammoga taalluqli bo‘lmasa, og‘riqli qabul qilinmaydi”, — dedi Sergeli hokimi.

    Ayni vaqtda, Elbek Shukurovning fikricha, toshkentliklarning shahar ma’muriyatiga nisbatan bahsli, ayrim vaqtlarda salbiy munosabatda bo‘lishi “ko‘p jihatdan odamlar faqat shahar hokimini bilishi”, uning o‘rinbosarlari va boshqa mas’ul shaxslarni tanimasligi bilan bog‘liq.

    “Ko‘p yaxshi ishlar qilingan, biroq ularni tez unutamiz, hokimlik deganda ko‘proq xatolar xayolga keladi. Agar hokim o‘rinbosarlari va boshqa mas’ul shaxslar ko‘proq muloqot qilsa, media uchun nisbatan ochiqroq bo‘lsa, hokimlik haqida tasavvur butunlay boshqacha bo‘lardi”, — deb hisoblaydi Shukurov.

    “Rahbar sifatida, u (Jahongir Ortiqxo‘jayev — “Daryo”) demokrat. Bu qarorlarni qabul qilish jarayonida ayniqsa yaqqol seziladi. U har doim o‘z o‘rinbosarlari, xodimlari bilan maslahatlashadi”, — deya qo‘shimcha qildi Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov.

    Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari va O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Elbek Shukurov 2020-yil avgustida Sergeli tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

    Mavzuga doir: Jahongir Ortiqxo‘jayevning ham O‘zbekistondan qochib ketgisi kelganmi? Toshkent hokimi bilan katta intervyu

    31.03.2021, 16:11   Izoh (0)   22781
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ommaviy tartibsizlik va zo‘ravonlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

    31.03.2021, 15:58

    Sergeli tumani rahbari Elbek Shukurov hokim lavozimiga qanday tayinlanganini gapirib berdi

    31.03.2021, 15:39

    O‘zbekistondagi masjidlarda Ramazon oyi va tarovih namozlariga tayyorgarlik boshlandi

    31.03.2021, 15:34

    Ilm kerak, bilim kerak — qishloq xo‘jaligidagi muvaffaqiyat omili haqida

    31.03.2021, 15:00

    “Yaxshi qiz bo‘l, dedilar” — Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng oilasiga qaytgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi

    31.03.2021, 14:33

    “O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    31.03.2021, 14:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Norvegiyada besh kun oziq-ovqatsiz muzlikda qolib ketgan amerikalik eko-jurnalist qutqarildi

    Dunyo | 9 avgust, 11:55

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ehtimoliy raqibi kim bo‘lishini aytdi

    Sport | 9 avgust, 11:25

    Grenada Buyuk Britaniya qiroliga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi

    Dunyo | 9 avgust, 11:20

    “Qizil iplar”: ijtimoiy tarmoqlarni “portlatgan” yana bir koreys doramasi haqida

    Kino | 9 avgust, 11:00

    Keniyada avtohalokatda 25 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 9 avgust, 10:40

    O‘zbekistonda va Rossiyada xalqaro terrorchilik tashkilotining “g‘oyabozlari” qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 10:25

    “Tottenhem” Rafael Leau uchun 100 mln yevro to‘laydi

    Sport | 9 avgust, 10:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.