• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    COVID-19 tarqalishi va ob-havo o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q, Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi, ispaniyaliklar plyajda ham niqob taqishi shart. Koronaxabarlar

    So‘nggi bir kecha-kunduzda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq eng muhim xabarlar — “Daryo” koronadayjestida.

    Ispaniyaning Jirona provinsiyasida yana bitta ikki metrlik metall monolit paydo bo‘ldi

    Ispaniyaning Jirona provinsiyasida yana bitta ikki metrlik metall monolit paydo bo‘ldi
    Foto: EPA

    Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) ob-havo va koronavirus infeksiyasi tarqalishi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlamadi. Bu haqda Rossiya Gidrometeorologiya markazi ilmiy rahbari Roman Vilfand ma’lum qildi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, JMT fizika, tibbiyot, iqlimshunoslik va fiziologiya sohasidagi tadqiqotchilardan iborat guruh tuzgan. Ular yarim yildan oshiqroq vaqt ish olib borib, ob-havo xususiyatlari va COVID-19 tarqalishi faolligi o‘rtasida ahamiyatli bog‘liqlik yo‘q, degan xulosaga kelgan.

    Vilfandning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasining tarqalishi mavsum va ob-havo sharoitlaridan qat’i nazar sodir bo‘ladi.

    Mavzuga doir:

    • Qanday ob-havo koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymasligi ma’lum qilindi
    • Issiq harorat koronavirusni o‘ldiradimi? Barchani o‘ylantirayotgan savolga javob qidiramiz
    Rossiya Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (“Rosselxoznadzor”) hayvonlar uchun COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqdi, deya ma’lum qildi muassasa rahbari o‘rinbosari Konstantin Savenkov.

    “‘Rosselxoznadzor’ qoshidagi Hayvonlar salomatligini saqlash federal markazi tomonidan ishlab chiqilgan, etxo‘r hayvonlar uchun mo‘ljallangan koronavirusga qarshi “Karnivak-Kov” sorbitlangan faolsizlantirilgan vaksina Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazildi. U bugungi kunda hayvonlar uchun COVID-19’ga qarshi dunyodagi yagona profilaktika vositasidir”, — dedi Savenkov.

    Vaksinani ommaviy ishlab chiqarish apreldayoq boshlanishi mumkin, dedi u. Gretsiya, Polsha, Avstriya, AQSh, Kanada va Singapur kompaniyalari allaqachon doriga qiziqish bildirgan.

    Vaksinaning klinik sinovlari 2020-yil oktabridan boshlab it, mushuk, shimol tulkisi, qorako‘zan, tulki va boshqa jonivorlarda o‘tkazilgan. Vaksina qabul qilgan hayvonlarda 100 foiz holatlarda koronavirusga nisbatan antitanalar hosil bo‘lgan. Emlangandan keyin ishlab chiqariladigan immunitet kamida olti oyga yetadi.

    Mavzuga doir:

    • Rossiyada hayvonlar uchun koronavirus vaksinasini yanvar oyining oxiriga qadar tayyorlash rejalashtirilmoqda
    • Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli test qilindi
    • Olimlar mushuklar bir-biriga koronavirus yuqtirishi mumkinligini aniqladi
    Ispaniya hukumati fuqarolarga ko‘chada odamlar orasida masofa saqlanishidan qat’i nazar, niqob taqish majburiyatini yukladi. “Olti yosh va undan katta fuqarolar umumiy foydalanishdagi yo‘llarda, ochiq hududlarda va har qanday yopiq jamoatchilik joylarida niqoblardan foydalanishi kerak”, — deyiladi tegishli qarorda.

    Yangi qoidalar muddatsiz tarzda amal qiladi. Bungacha ochiq havoda niqob taqish majburiyati odamlar orasidagi masofa 1,5 metrdan kam bo‘lgan holatlarda amal qilardi.

    Niqoblardan foydalanish plyajlarda va basseynlar yonida ham majburiy bo‘ladi. Faqat niqob taqish oqibatida nafas yo‘llari kasalligi og‘irlashadigan odamlar hamda niqobni mustaqil taqib-yecholmaydigan nogironlar, shuningdek, ochiq havoda yakka tartibda sport bilan shug‘ullanayotganlargina niqob taqmasligi mumkin.

    Avvalroq Ispaniyada hukumat Muqaddas haftalik munosabati bilan 26-martdan 9-aprelgacha amal qiluvchi boshqa bir qator cheklovlarni joriy qilgan edi. Shu davrda 23:00 dan 6:00 gacha komendantlik soati amal qiladi, yopiq joylarda to‘rt kishi, ochiq havoda esa olti kishidan ortiq odam bo‘lib to‘planish taqiqlanadi, hududlararo harakatlanish mumkin emas.

    Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 3,27 million kishi koronavirusga chalingan, shularning 75 mingi vafot etgan. 29-mart holatiga ko‘ra, bir kecha-kunduzda 1564 kishida COVID-19 aniqlangan.

    Mavzuga doir:

    • Ispaniya koronavirusga chalinganlar soni 1 mln kishidan oshgan Yevropa Ittifoqidagi birinchi mamlakat bo‘ldi
    • Ispaniyada koronavirus ilk bor yovvoyi qorako‘zanlarda qayd etildi
    Shuningdek:
    • Berlinda 31-martdan koronavirus tufayli yangi cheklovlar kuchga kirdi. Unga muvofiq, shaharliklar ba’zi muassasalar, shu jumladan, sartaroshxona, muzey, nooziq-ovqat do‘konlariga faqat manfiy natijali PZR-test bilan borishi mumkin.
    • Germaniyada AstraZeneca Angliya—Shvetsiya kompaniyasining vaksinasini faqat 60 yoshdan oshgan odamlar uchun qo‘llashga ruxsat berildi. Germaniya hukumati fikricha, ushbu yosh guruhida vaksina asoratlarni keltirib chiqarmaydi.
    • Italiya esa mamlakatga Yevroittifoqning boshqa davlatlaridan qaytib keluvchilarning barchasi uchun besh kunlik majburiy karantin joriy qilishni rejalashtirmoqda. Yevroittifoqqa kirmaydigan mamlakatlardan qaytib kelayotganlar uchun karantin o‘tash majburiyati esa Italiyada allaqachon amal qilib kelmoqda.

    31.03.2021, 13:32   Izoh (0)   16699
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusning kelib chiqishi haqidagi hisobot JSST tomonidan e’lon qilindi

    31.03.2021, 11:46

    Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari orasida koronavirusga chalinish holatlari ko‘paydi

    31.03.2021, 10:59

    Marsga uchishga mo‘ljallangan Starship raketasi prototipi sinovlar chog‘ida yana portladi (video)

    31.03.2021, 10:11

    Pandemiyaga qaramay Hindiston ko‘chalarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotgan Holi bayrami — suratlarda

    31.03.2021, 08:44

    OAV: Eron AQShning sanksiyalari bekor qilinmaguncha uranni boyitish darajasini tushirmaydi

    31.03.2021, 07:58

    Italiya bosh vaziri koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

    31.03.2021, 07:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.