Daryo

Ispaniya koronavirusga chalinganlar soni 1 mln kishidan oshgan Yevropa Ittifoqidagi birinchi mamlakat bo‘ldi

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 1 005 295 kishiga yetgan

1 daqiqa o‘qish19 518 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: El Pais

Ispaniya pandemiya davrida koronavirusga chalinganlar soni bir million kishidan oshgan Yevropa ittifoqidagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: El Pais

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 1 005 295 kishiga yetgan. Ispaniya COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari ro‘yxatida oltinchi o‘rinda turibdi.

So‘nggi 24 soat ichida Ispaniyada 16973 kishida koronavirus aniqlangan, 156 kishi kasallik qurboniga aylangan. Pandemiya davrida Ispaniyada koronavirus asoratlari oqibatida 34,3 ming kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Ispaniyada birinchi marta alohida hudud pandemiya sababli to‘liq yopiladi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar