Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Mussa Dembele jamoaviy mashg‘ulotlar vaqtida o‘zini yomon his qildi.
Futbolchi hushini yo‘qotib, maydonga yiqilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bunga qon bosimining tushib ketishi sabab bo‘lgan.
“Atletiko” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchining holati yaxshi va uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Dembele mashg‘ulotlardan keyin o‘zi mustaqil ovqatlangan va shaxsiy avtomobilida uyiga yo‘l olgan.
“Atletiko” Dembeleni yanvarda “Lion”dan ijaraga olgandi. 24 yoshli futbolchi shu vaqtga qadar La Ligada ikkita o‘yinda maydonga tushdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)