O‘zbekiston hududiga 19—20-mart kunlari Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
18—20-mart kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, 18—19-mart kunlari 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
20-mart kuni respublika hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)