Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi, deya xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, podpolkovnik Obidjonov Abdug‘ani Abdurahmonovich IIV Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.A. Obidjonov IIV Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan avval Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar, suv xo‘jaligi vaziriga birinchi o‘rinbosar hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)