• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirusning birinchi bemori aniqlanganiga bir yil to‘ldi. Uznetda bu haqdagi ilk xabarni tarqatgan muharrir va blogerlar o‘z xotiralari bilan bo‘lishdi

    Bundan roppa-rosa bir yil oldin O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq ilk holat aniqlangan edi. Yil davomida ko‘rgan-kechirganlarimiz, yo‘qotganlarimiz, og‘riqlarimiz mangu xotiraga aylandi, 2020-yilning 15-mart sanasi esa tarixga muhrlandi. “Daryo” koronavirus infeksiyasi haqidagi xabarni o‘z nashri/sahifasida dastlab e’lon qilgan muxbir, muharrir, blogerlarning o‘sha paytdagi ilk taassuroti va kechinmalarini bir yerga jamladi.

    Aziz Qarshiyev, “Kun.uz” muharriri

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    — O‘tgan yili 15-mart yakshanbaga to‘g‘ri kelgandi, ishxonada yolg‘iz o‘zim navbatchi edim. Lekin busiz ham bu xabarni o‘zim yozgan bo‘lardim. Chunki yanvar oyi boshidanoq, Tashqi ishlar vazirligi Xitoyda noma’lum virus tarqala boshlaganidan ogohlantirganidan keyinoq bu mavzuga jiddiy e’tibor bilan qaradim, birinchi kundanoq bu mavzudagi barcha xabarlarni birlashtiradigan katta “teg” ochdim, har bir yangilikni kuzatib, umumiy vaziyat bo‘yicha har kuni “obzor” qilib bordim. O‘sha vaqtdagi eng ko‘p o‘qiladigan xabarlar aynan koronavirus haqida edi.

    Mart oyi o‘rtalariga kelib O‘zbekistondagi ilk bemor haqida e’lon qilinishi kutilayotgandi. Birinchidan, fevral oyi davomida xorijdagi fuqarolar Vatanga olib kelindi, dastlab faqat Xitoydan, keyinroq boshqa o‘choqlardan keltirilganlar karantinga joylashtirildi-yu, boshqa mamlakatlardan keluvchilar nazoratsiz, karantinda saqlanmay O‘zbekistonga kiraverdi. Hatto mart boshida, Yevropa bemisl karantinda yashayotgan vaqtda o‘zbekistonliklar o‘sha mamlakatlarga sayohatga borib kelishayotgan edi. Bunday holatda virus O‘zbekistonga ham kirib, tarqalishi muqarrar edi.

    13-mart kuni qo‘shni Qozog‘istonda koronavirusga chalingan ilk bemor qayd etilgani e’lon qilindi. Endi navbat O‘zbekistonga edi. Boshqacha aytganda, 15-mart kunigacha xabar sarlavhasi tayyor edi, matn qismiga ma’lumot kiritish qolgandi, xolos.

    O‘zbekistonda koronavirus aniqlangani xabarini yozayotganimda faqat tezroq saytga chiqarib, tezroq ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishni o‘yladim, bu rekord darajada o‘qiladigan xabarlardan biri bo‘lishini o‘yladim, yana qo‘shimcha ma’lumotlarni kimdan olish mumkinligi haqida ham. Umuman, bu xabarni yozish har kungi ishimdan ko‘p farq qilmasdi.

    Fevral oyida Xitoyda va keyin Yevropada kuzatilgan vaziyatdan kelib chiqib, odamlarning hayot tarzi endi butunlay o‘zgarib ketishiga, oylab emas, balki bir necha yil davomida karantinda yashashga to‘g‘ri kelishiga ruhan tayyor edim. Hozir ham uchinchi va to‘rtinchi karantinlar bo‘lishini, boshlangan joyiga qaytib kelishimiz mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi.

    Virus oson tarqalardi, global dunyoda yanada osonroq. Dastlabki vaqtlarda, kruizlardagi sayyohlar o‘z xonalarida izolyatsiya qilinganidan keyin ham ularning ko‘pchilik qismi virusga chalingani kuzatilganida prognozlar juda pessimistik edi. Dunyoda hech bir zog‘ bu virusdan qochib qutula olmaydigandek, avvalgi pandemiyalarda bo‘lgani kabi o‘n millionlab kishilarning yostig‘i quriydigandek edi. Ammo keyinroq tunnel oxirida yorug‘lik ko‘rindi, kasallikka qarshi turli samarali vositalar topildi, virus ham kuchsizlandi, o‘lim darajasi yuqori bo‘lib chiqmadi. Yangi shtammlar ham vaksinalar tufayli halokatli ko‘rinmayapti. Bugungi kunga kelib raqamlar bir muncha kamtar.

    Xushnudbek Xudoyberdiyev, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) bosh direktori o‘rinbosari, “Xushnudbek.uz” Telegram-kanali muallifi

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    — O‘tgan yili 15-mart sanasida, adashmasam, ertalab O‘zbekistonda ilk koronavirus holati aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berildi va birdan internetda keng xabar tarqaldi. O‘zimiz ham tarqatdik. Ochig‘ini aytsam, u paytda uncha vahima-qo‘rquv bo‘lmagan. “Mana, virus baribir, yetib kelibdi-ku!”, degan fikr bo‘lgan. O‘sha paytlari mish-mish yurardi: “O‘zbekistonda virus allaqachon tarqalgan, shunchaki aytishmayapti, berkitishyapti!”, degan. Bu xabar rasman tasdiqlangach, ko‘pchilikda: “Nihoyat, tan olishibdi” degan fikr bor edi, xolos.

    Xabar berilgan kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi yig‘ilishga taklif qilindim. Unda zarur choralar, talabalarga javob berish masalasi va boshqa tadbirlar haqida so‘z bordi. Lekin eshitganlarimning barini qilinishi kerak ishdek yengil qabul qilganman. Uncha xavotirga ham tushmaganman. Garchi kasallikdan xavotir olmagan bo‘lsam-da, uzoq vaqt karantin bo‘lishi, butunlay “lok-daun”ga tushib qolishimiz, ko‘chalarda harakatlanish to‘xtatilishi, ikki marta karantin e’lon qilinishini tasavvurimga sig‘dirmaganman.

    Yig‘ilishdan chiqib, telefonimni oldim-da, eshitgan ma’lumotlarimni yozishga ko‘p vaqt ketishini chamalab, kanalimga birinchi marta ovozli xabar qoldirganman. Ilgari hech ham ovozli xabar joylamasdim (agar adashmayotgan bo‘lsam). O‘sha ovozli xabar hozirgacha 1 million 800 ming martagacha eshitilgan.

    Eng qizig‘i, 15-martdagi yig‘ilishda bir hamkasbimiz yonimizda rosa yo‘talib, aksirib, shamollagani shundoq sezilib o‘tirdi. To‘g‘risi, sal jahlimiz ham chiqdi. “Ahvol o‘zi mana bunday, kelishingiz shartmidi?”, deb achchiqlandik ham. Ertasi kuni men ham shamolladim, isitmam chiqdi, bir hafta uyda og‘rib yotdim. Majlis yakshanba kuni o‘tkazilgandi. U yerdan chiqib to‘g‘ri uyga kelgandim, boshqa joyga kirmagandim. Tana haroratim naq bir hafta 38 darajadan tushmadi, 40 darajagacha ko‘tarildi, koronavirusning hamma simptomlari kuzatildi.

    Darrov alohida xonaga joylashib, uydagilar bilan kamroq muloqotda bo‘ldim. Lekin bu koronavirusmidi yoki oddiy shamollashmi, anig‘ini bilmayman. Martda shu holat kuzatilgach, sentabr yo oktabrda menda koronavirus aniqlandi va to‘liq davolandim. Juda qiziq, ham qo‘rqinchli-xavotirli holatlarni boshdan kechirdim.

    Zafar Qosimov, “Xabar.uz” muxbiri

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    — Koronavirus haqida 2019-yil oxirida, dekabrda eshitdim. Esimda, tun edi, Euronews’midi, qaysidir kanalda Xitoyda yangi kasallik tarqagani haqida xabar berildi. Bungacha ham turli “parranda gripp”lari haqida eshitardik, ammo ular qandaydir uzoqda, bizga umuman aloqasi yo‘qdek tuyulgandi. Bu safar hammasi boshqacha bo‘ldi. Shundan keyin kundan kunga kasallik haqida yangiliklar ko‘payib bordi. O‘zimiz ham “Xabar.uz”da koronavirusni kengroq yoritishga harakat qildik.

    To‘g‘risi, avvaliga vaziyat o‘ta jiddiy emasligiga o‘zimni ishontirishga urindim. “Biologik qurol” deb o‘yladim, “unga qarshi antidot ham topib qo‘yishgan allaqachon, bo‘lmasa laborotoriyadan chiqarishmasdi”, deb o‘zimni ovutishga harakat qildim. Ahvol esa kundan-kunga og‘irlashib bordi. Uxanning karantindagi bo‘m-bo‘sh ko‘chalaridan olingan tasvirlar kishini vahimaga solardi.

    Bizda ham kasallik aniqlanishiga fevralning oxirlaridayoq ishonib qolgandim. Mart oyiga kelib, ijtimoiy tarmoqlarda “kasal chiqqani” haqidagi xabarlar paydo bo‘la boshladi. Balki shu sababdandir, 15-mart kuni ilk bemor haqida rasman xabar berilganda juda esankirab qolmadim. Xatto sal yengil ham tortdim, rasmiy idoralar ishlayotgani, kasalga qarshi kurashayotganiga ishonch paydo bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan rasmiy xabarni tahririyatning Telegram’dagi guruhiga tashladim, biroz muhokama qildik va darhol saytimizda chop etdik.

    Ilk karantinga ancha oldin tayyorlanishni boshlagandim. Dunyoda bo‘layotgan ishlardan kelib chiqib oilam bilan karantinni qayerda o‘tkazaman, nimalar zaxira qilishim kerak, oldindan rejalashtirib olgandim. Albatta, oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan muammolarga uchradim, ammo bunga o‘zimni ruhan va albatta moliyaviy jihatdan tayyorlab qo‘ygandim. Karantin vaqtida ham masofadan ishlashda davom etdik.

    Mohigul Qosimova, O‘zA yetakchi muharriri

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    — 2020-yil 15-mart dam olish kuni edi. Koronavirus kasalligi bizda ham aniqlandi. Bosh muharririmiz telefon qilib, ushbu xabar asosida kengroq ma’lumot olishimni, tegishli vazirlik va mutasaddilar bilan bog‘lanishimni aytdi. Zudlik bilan, adashmasam, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti bilan aloqaga chiqdim. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilishi va unga yetib borishim zarurligini aytishdi. Dam olish kuni bo‘lgani uchun bemalol uy yumushlari bilan yurgan edim. Shoshilgancha yig‘ilishga yetib bordim.

    O‘sha payt meni kasallikdan ko‘ra, ko‘proq yig‘ilish tafsilotlarini yoritish mas’uliyati o‘ylantirardi, xabarni xalqqa tezroq yetkazishga oshiqardim. O‘sha yerda jam bo‘lgan barcha jurnalist va blogerlardagi tezlikni ko‘rib, ochig‘i, qoyil qolganman. Yig‘ilish tugab jurnalistlarga ruxsat berilgach, hamkasblarim orasida yugurganlari, keta-keta ovozli xabar sifatida xabarlarni bloglariga joylaganlari bo‘ldi. Biz ham eng birinchilar qatorida O‘zA saytida xabarlarni berishga muvaffaq bo‘ldik.

    Yig‘ilishdan chiqib, ishxonaga, undan uyga qaytayotsam, uyimiz yaqinidagi do‘kon va dala-do‘konida deyarli oziq-ovqat tugab bo‘lgan ekan. Lekin, biz oziq-ovqat g‘amlamadik. Ammo gigiyenaga rioya qilishni ancha oldin boshlab yuborgandim. Tibbiy niqob taqishni-ku aytmasam ham bo‘lar.

    Sunnatilla Abdullayev, “Qalampir.uz” bosh muharriri

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    — O‘tgan 15-mart kunini yaxshi eslayman. Odatdagidek ish boshlagan edik. Birdan O‘zbekistonda koronavirus aniqlangani haqida rasmiy xabar berildi. Qo‘rqqanimiz yonimizga keldi, deb o‘yladim. Endi nima bo‘lishiga qiziqardim, xavotir ham yo‘q emasdi. Negaki mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi koronavirusga qarshi kurashni ko‘tarolmaydi, deb hisoblardim. Shu sababdan virus O‘zbekistonga kirganini rasman e’lon qilishmasa kerak, deb o‘ylaganman. Ammo bunday bo‘lmadi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda qat’iy karantin o‘rnatilib, barchaning uyga qamalib qolishini ham tasavvur qilmagandim.

    Muhrim A’zamxo‘jayev, “Daryo.uz” bosh muharriri

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    — 2020-yilning 15-marti, avvalo, yakshanba edi. Yakshanba esa o‘sha vaqtda mening haftadagi yagona dam olish kunim edi. Shunga qaramay, yo uyqum qochib, yo ishlagim kelib, saharlab ekran oldida o‘tirgandim (katta ehtimol bilan shu kungi navbatchi baribir uxlab qolishidan xavotirlanganman). Bir vaqt navbatchi tarmoqda ko‘rindi — kutilganidek, uxlab qolganini va buyog‘iga ishni eplashini aytdi. “Bo‘pti” deb, endi yonboshlagan ham edimki (tongda “qochgan” uyqu endi qaytgandi, shekilli), telefon ekranida — soat 10:18 edi — navbatchidan bildirishnoma paydo bo‘ldi. “Nima bo‘ldi ekan tag‘in”, deb erinibgina ovozli xabarni ochsam, shu gap: “Boshliq, ****** (dahshat)-xabar keldi — O‘zbekistonda birinchi koronavirus aniqlanibdi!”.

    Rahmatli Obid Asomovning hangomasida zilzila bo‘lishini kutayotgan odamlar toqati toq bo‘lib: “Kelinglar, shu ‘dom’ni o‘zimiz bir chekkaga ag‘darib qo‘ya qolaylik”, deganidek, hamma-hamma — men ham, tahririyatimiz ham, oilamiz ham, menimcha, barcha o‘zbekistonliklar bu xabar yaqin bir-ikki kun ichida e’lon qilinishiga 15-martga qadar har qanaqasiga tayyorlanib, tayyorlantirilib bo‘lgandi: uzoq va yaqin qo‘shni mamlakatlarda allaqachon o‘nlab, yuzlab bemorlar aniqlangan, Yevropa karantinga kirayotgan, aviaqatnovlar bekor qilinayotgan, bir necha kun avval esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti global pandemiya boshlanganini tan olgan edi. Biz tahririyatda hatto kelishib ham qo‘ygandik — O‘zbekistonda birinchi holat aniqlangan kundanoq masofadan ishlashga o‘tamiz (haqiqatan ham shunday bo‘ldi keyin).

    Shunga qaramay, “O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi”, degan xabarning qoralamasini oldindan tayyorlab qo‘ymagan ekanmiz. Hayajon bosilib (vataningga global virus “rasmiy tashrif” bilan qaytmas bo‘lib kelgani haqida har kuni ham yozavermaysan axir), odam o‘ziga kelib olgunicha (material yozishdan avval, balki, uydagilarga aytarman bu xabarni, deb o‘ylaydi-da odam), oradan besh-olti daqiqa o‘tdi: 10:23 da @daryo_live kanalida birinchi post chiqdi, oradan uch daqiqa o‘tib saytda ham xabar paydo bo‘ldi (bizdagi ma’lumotga ko‘ra, aynan shu ikki material Fransiyadan kelgan bemor haqida O‘znetdagi birinchi xabar hisoblanadi; adashayotgan bo‘lsam va bu xuddi maqtanishga o‘xshab ko‘rinayotgan bo‘lsa, uzr).

    Koronavirus kirib kelishini “intizorlik bilan kutganimiz”ga qaramay, o‘sha vaqtda uning bu qadar uzoq cho‘zilishini, ushbu jarayon atrofida dunyoda bo‘layotgan voqea-hodisalarni ko‘ra-bila turib, shunda ham bu qadar ko‘p telba-teskari xatoliklarga yo‘l qo‘yishimizni, sanoqsiz odamlar, jumladan, o‘zim, oila a’zolarim, yaqinlarim, hamkasblarim ham ushbu kasallikka chalinishini, minglab vatandoshlarimiz vafot etishini, pandemiya dahshatli va tushunarsiz bir charchoq qoldirishini kutmagandim. Qanday ham kutish mumkin o‘zi buni? Nari borsa bir-ikki oyda hammasi yana iziga tushib ketishiga umid qilgan bo‘lishim mumkin, lekin turmush tarzi, ish tartibi, odamlar bilan munosabatlar butunlay bo‘lmasa-da, sezilarli o‘zgarishini, ochig‘i, oramizdagi biz bilmagan avliyolar oldindan ko‘rmagan bo‘lsa, sizu biz kabi xomsut emgan bandalarning hech biri kutmagandi.

    Darvoqe, o‘rni kelganda, bir narsani aytish kerak, deb hisoblayman. O‘sha noxush xabar chiqqan kuni, taxminiy (va chuchvarani xom sanashdan ham battar xato) javobi bor “Endi nima bo‘ladi?” degan savoldan tashqari, “Bugun dahshatli rekordni uramiz” degan o‘y ham bor edi xayolda. Biznes nuqtai nazaridan (“Daryo” esa, xususiy kompaniya sifatida, deyarli har bir vaziyatga biznes nuqtai nazaridan yondashishi mantiqan to‘g‘ri) ham shunday o‘ylash tabiiy edi. Shu darajadaki, menga “dahshat-xabar”ni yetkazgan navbatchi ham siz tasavvur qilolmaydigan bir qoniqish bilan: “Bugun 600 (ming)ni uramiz!”, degandi ovozli xabarining oxirida. Shunaqa, “WWW.uz” statistikasi bo‘yicha odatiy, sokin kunda 600 ming tashrifchiga ega bo‘lish uchun biz butun tahririyat “qon yutishimiz” kerak bo‘lardi, 15-mart kuni esa endi boshqa ishlamasak ham kun oxirida 600 mingdan ortiq tashrifchi saytimizga kirishiga ishonchimiz komil edi (o‘sha kuni, yakshanba bo‘lishiga qaramay, biz, butun tahririyat tinmay ishladik, soat 23:59 da 902 ming tashrif qayd etildi, 7-aprelda esa kunlik tashriflar soni 1 milliondan oshdi).

    Darvoqe, biz o‘sha vaqtda ham “WWW.uz” statistikasining to‘g‘ri ishlashiga shubha qilardik (uning ko‘rsatkichlari boshqa statistika servislarnikidan sezilarli farq qiladi), lekin yo‘q joydan xushkayfiyat ulashgani va tahririyatni kechagidan ham yaxshiroq ishlashga unday olgani uchun biz bu servisni ham muntazam kuzatardik. O‘sha vaqtda — buni alohida qayd etishim joiz — oradan arzimas bir necha oy o‘tib dunyoda bundan-da ishonarsiz statistika ma’lumotlari paydo bo‘lishini, qandaydir sayt emas, balki butun boshli davlat apparati ana shu shubhali statistikaga tayanib, mamlakat taqdiriga doir qarorlar chiqarishi mumkinligi xayolimizning eng yopiq ko‘chalariga ham kirmagan edi.

    Lekin, Xudoga shukr, hayot davom etyapti. Yashayversak, ko‘raverar ekanmiz. Pandemiyani ham ko‘rdik. Ko‘rganimiz shu bo‘lsin! Salomatlik va quvonch doimiy hamrohimiz bo‘lsin!

    Charos Nizomiddinova nashrga tayyorladi

    15.03.2021, 10:28   Izoh (0)   46888
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uch kun haqiqiy ‘do‘zax’ bo‘ldi”. O‘zbekistondagi birinchi COVID-bemorga uning kasalligini aytish mas’uliyati yuklatilgan shifokor pandemiya qiyinchiliklari haqid...

    15.03.2021, 10:21

    “Navbahor” muxlisi “So‘g‘diyona” bilan o‘yindan so‘ng avtohalokatga uchradi. U yolg‘iz o‘g‘il va uch qizning otasi edi

    15.03.2021, 09:05

    Farg‘onada kommunal to‘lovlar uchun aholidan yig‘ilgan 123 mln so‘mni talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    15.03.2021, 08:43

    Farg‘onada noqonuniy nikoh o‘qiganiga chora ko‘rmaslik uchun profilaktika inspektoriga 2 mln so‘m pora taklif qilgan shaxs ushlandi

    14.03.2021, 22:15

    Davlat soliq qo‘mitasi yana 53 ta “obnal firma”ni aniqladi

    14.03.2021, 21:35

    Buxoroda talabalarning 8-mart bayramida bergan “arzon sovg‘asi”ni mensimagan o‘qituvchi ishdan olindi

    14.03.2021, 19:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.