• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash Senat tomonidan ma’qullandi

    Oliy Majlis Senati 12-mart kuni bo‘lib o‘tgan o‘n uchinchi yalpi majlisda ommaviy tartibsizlikka da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etish va qonunchilikka kiritilgan boshqa o‘zgartirishlarni ma’qulladi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”. Endi qonun Prezident tomonidan imzolanishi kerak.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 244-moddasi — “ommaviy tartibsizliklar” quyidagi bandlar bilan to‘ldiriladi:

    hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga faollik bilan bo‘ysunmaslikka, ommaviy tartibsizlikka va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga ommaviy da’vat qilish — BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Bunday harakatlar:

    a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

    b) ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan, internetdan, shuningdek, bosma yoki matnni ko‘paytirishning boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 201-1-modda “qonunchilik hujjatlari talablarini bajarmaslikka yoki buzishga da’vat” bilan to‘ldirilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarmaslikka yoki buzish, shu jumladan, ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, internet tarmog‘idan, shuningdek, matnni nashr etish yoki boshqa shaklda ko‘paytirish turlaridan foydalangan holda ommaviy da’vat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

    “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga kiritilgan 1-qo‘shimchaga ko‘ra, saytning yoki sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan internet jahon axborot tarmog‘idagi sahifasida:

    • ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlikka, belgilangan tartibni buzgan holda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlarda ishtirok etishga da’vat qilish;
    • jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborot tarqatish;
    • jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga (milliy va umuminsoniy qadriyatlarga) hurmatsizlikni namoyon etuvchi beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish;
    • pornografiya, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlikni targ‘ib qilish, shuningdek, o‘z joniga qasd qilishga da’vat etish;
    • voyaga yetmagan shaxslarni ularning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga yoxud o‘zga shaxslarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga tahdid soluvchi g‘ayrihuquqiy harakatlarni sodir etishga undashga va boshqa tarzda jalb qilishga yo‘naltirilgan axborotni tarqatish taqiqlanmoqda.
    Bundan tashqari, sayt egasi va bloger o‘zlarining internetdagi sahifalarini, shu jumladan, jamoat uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlar joylashtirilgan tezkor xabar almashish tizimlarini kuzatib borishi, yuqoridagi ma’lumotlar va materiallarni aniqlashi shart.

    Moddada, shuningdek, yuqoridagi talablar bajarilmagani oqibatida sayt egasi yoki bloger tomonidan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslar o‘z huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si, shu jumladan, yetkazilgan zararni qoplash talablari bilan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan.

    Senat xabarida aytilishicha, so‘nggi vaqtlarda ayrim sayt egalari, shu jumladan, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning axborot olish va uni tarqatish madaniyati to‘liq shakllanmagani sababli ushbu shaxslar o‘z huquqlarini amalga oshirishlarida boshqa shaxslarning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlariga zarar yetkazish holatlari kuzatilmoqda.

    “Bunday shaxslarning axborot tarqatish sohasidagi huquqiy madaniyati shakllanmaganligi kelajakda ular tomonidan qonun talablarini buzib, o‘z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan mamlakatning mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish, urush, diniy ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qilish, davlat yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi hamda ommaviy tartibsizliklarga da’vat etuvchi kontentni tarqatish ehtimolini oshirmoqda”, — deya qayd etilgan Senatda.

    Eslatib o‘tamiz, qonun loyihasi “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalari tomonidan taklif etilgandi. Ushbu qonun loyihasi bo‘yicha fikr bildirgan “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov erkin so‘z qanchalar erkin bo‘lmasin jamiyatning xotirjam rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerakligini ta’kidlagandi.

    Mavzuga doir: Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

    14.03.2021, 16:16   Izoh (0)   25656
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qirg‘iziston So‘xga yo‘l ochishga, O‘zbekiston esa Unkar-Tooni berishga tayyor” — Galina Bayterek

    14.03.2021, 14:35

    “O‘zgidromet” 15-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    14.03.2021, 14:14

    O‘zbekistonda 13-mart kuni o‘tkazilgan hasharda 8,3 mln kishi qatnashgani ma’lum qilindi. Bu so‘nggi yillarda aytilgan eng kichik raqam

    14.03.2021, 12:35

    “Bunga qadar ko‘proq yopilish va kamroq aloqa siyosati bo‘lgan” — Qirg‘iziston hukumati vakili So‘x haqida

    14.03.2021, 12:12

    O‘zbekistonda 13-mart hasharida ekilgan mevali daraxtlarning salkam 30 foizi Namanganda o‘tqazildi, Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ulushi 0,2 foizga ham yetmadi

    14.03.2021, 11:50

    Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekistondagi hamkasbiga qo‘l uzatmagani sababini aytdi

    14.03.2021, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.