“Yuventus” 2021-yilning yozidayoq jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishi mumkin.
SportMediaset’ning xabar qilishicha, klub 60 million yevrolik taklif bo‘ladigan bo‘lsa, Ronalduni qo‘yib yuborishga tayyor. 36 yoshli futbolchiga PSJ, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, MLS va arab klublaridan qiziqish bor.
El Chiringuito’ga ko‘ra futbolchining agenti Jorje Mendesh “Real” bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular Ronalduning Madridga qaytishini muhokama qilmoqda.
“Yuventus” Ronalduni 2018-yilning yozida 117 million yevro evaziga “Real”dan sotib olgandi. Ammo turinliklar uni olib kelishdan ko‘zlagan asosiy maqsad — Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatli ishtirok etish borasida uch mavsumdan beri omadsiz harakat qilmoqda.
Ronalduning maoshi yiliga 31 million yevroni tashkil qiladi, bu esa koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz vaqtida klub uchun og‘irlik qilmoqda.
Avvalroq qator Italiya OAV Ronaldu yozda “Yuventus”ni tark etishi mumkinligi haqida xabar qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)