Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) markazlashgan tizimda o‘tadigan JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralash bosqichining qolgan o‘yinlariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rin olgan D guruhi o‘yinlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar 31-maydan 15-iyunga qadar o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni, Singapur, Falastin va Yaman bilan bir guruhdan o‘rin olgan.
Vadim Abramov shogirdlari o‘rin olgan D guruhidagi holat ayni vaqtda quyidagi ko‘rinishni olgan:
1. O‘zbekiston — 9 ochko (5 o‘yin)
2. Saudiya Arabistoni — 8 (4)
3. Singapur — 7 (5)
4. Yaman — 5 (5)
5. Falastin — 4 (5)
- A guruhi — Xitoy
- B guruhi — Kuvayt
- C guruhi — Bahrayn
- D guruhi — Saudiya Arabistoni
- E guruhi — Qatar
- F guruhi — Yaponiya
- G guruhi — BAA
- H guruhi — Janubiy Koreya
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)