• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ko‘plab mamlakatlarning maktab o‘quvchilari bir yillik pandemiyadan so‘ng an’anaviy ta’limga qaytdi

    Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida maktab o‘quvchilari koronavirus pandemiyasi sababli masofaviy shaklda ta’lim olmoqda. Lekin ba’zi davlatlarda maktablar odatiy ta’lim shaklini qayta tikladi, yana ba’zilari esa bunga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Aksariyat Yevropa mamlakatlarida ta’lim muassasalari, shu jumladan, bolalar bog‘chalari allaqachon ochilgan bo‘lsa-da, bir qator cheklovlar mavjud.

    Germaniyada 22-fevraldan boshlab boshlang‘ich maktablar ochildi, o‘quvchilar navbatma-navbat guruhlarga bo‘linib o‘qitilmoqda. Qoidalar mintaqalarga qarab farq qiladi. Masalan, Berlinda o‘quvchilar 22-fevraldan darslarga qatnashi mumkin, lekin bu ular uchun majburiy emas, mashg‘ulotlarda onlayn tarzda ishtirok etish ham mumkin. Maktabga kelib, ta’lim olishni istaganlar tibbiy niqob taqishi va 1,5 metrlik ijtimoiy masofaga amal qilishi lozim. 4-sinfdan 6-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun 9-martdan o‘quv jarayonlari boshlandi. 10—13-sinf o‘quvchilari 17-martdan boshlab darslarga qatnashi mumkin bo‘ladi. Avvalroq Germaniyada karantin muddati 28-martgacha uzaytirilgan edi.

    Fransiya 2020-yilning may oyidan beri maktablarni deyarli yopmadi. Ta’lim muassasalarida qat’iy sanitar-epidemiologik choralar joriy qilingan. 25-fevral kuni bosh vazir Jan Kasteks fransuz hukumatining shunday uzoq muddat davomida maktablarning kunduzgi faoliyatini to‘xtatmay “yaxshi qaror” qabul qilganini ta’kidladi. Xususan, 31-yanvardan boshlab Fransiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan keluvchilar uchun mamlakatga kirishni taqiqladi.

    Ispaniyada maktablar 2020-yilning sentabr oyida qayta ish boshladi. Tibbiy niqob taqish majburiyati o‘quvchilarning yoshiga qarab farq qiladi. Shuningdek, agar bitta o‘quvchida COVID-19 aniqlansa, uning barcha sinfdoshlari karantinga olinadi.

    Avvalroq Ispaniyada AstraZeneca vaksinasi bilan keksalarni emlash taqiqlab qo‘yilgan edi.

    O‘z navbatida Belgiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan cheklovlarning yumshatilishini muhokama qilar ekan, asosiy muammo maktablardagi odatiy o‘quv jarayonlarining buzilishi ekanini ta’kidlab keldi. 2020-yilning kuzida pandemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanganidan beri o‘rta maktab o‘quvchilarining aksariyati gibrid ta’limga o‘tdi: darslarning 50 foizi an’anaviy, 50 foizi masofaviy tarzda tashkil etildi. 5-mart kuni o‘qish qiyin bo‘lgan talabalarga mart oyidan an’anaviy darslarga qaytish uchun ruxsat berildi. 19-apreldan boshlab, Pasxa bayramidan keyin boshlang‘ich va o‘rta maktabning barcha o‘quvchilari to‘liq an’anaviy ta’limga qaytishi mumkin. Bundan oldin Belgiyada AstraZeneca vaksinasi uchun yosh bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilingan edi.

    Italiyada bosh vazir Mario Dragi koronavirusning keng tarqalgan “qizil” hududlardagi barcha ta’lim muassasalarining yopilishi to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Shuningdek, xavfning “to‘q sariq” yoki “sariq” darajasidagi hududlar gubernatorlari ham o‘z tashabbusi bilan ta’lim muassasalarining faoliyatini to‘xtatdi. Natijada italiyalik o‘quvchilarning asosiy qismi masofadan turib tahsil olmoqda. Mamlakat rasmiylari ta’lim muassasalari qachon normal ish faoliyatini boshlashi to‘g‘risida ma’lumot bermayapti.

    Ma’lumot uchun, Italiya prezidenti Serjo Mattarella Lazzaro Spallanzani nomli Rim Milliy yuqumli kasalliklar institutida koronavirusga qarshi emlandi.

    Portugaliya Yevropa Ittifoqining eng qat’iy COVID-19 cheklovlari qo‘llanilayotgan mamlakatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda maktablar haligacha faoliyatini boshlamagan. 11-mart kuni hukumat xavfsizlik choralarini bekor qilish rejasini ko‘rib chiqadi, bunda o‘quvchilarning maktabga qanday tartib-qoidalar asosida qaytishi belgilanadi. “Publiku” nashrining yozishicha, davlat maktablarining direktorlari yosh bolalarni iloji boricha tezroq maktabga qaytarishni talab qilmoqda, chunki ularning boshqalardan ko‘ra izolyatsiyaga toqat qilishi qiyinroq kechadi. Shuningdek, ularning fikriga ko‘ra, birinchi navbatda maktabgacha ta’lim markazlari va bolalar bog‘chalarini ochish lozim. Shuningdek, Germaniya harbiylari Portugaliyaga COVID-19’ga qarshi kurashda yordam beradi.

    Buyuk Britaniyaning millionlab o‘quvchilari shu haftada maktablarga qaytdi. Bungacha o‘quvchilar ikki oydan ko‘proq masofaviy ta’lim oldi. Ko‘plab Britaniya maktablari hali to‘liq ochilmagan, ular an’anaviy darslarni boshlashdan oldin o‘quvchilardan koronavirusga test olinadi. Tibbiy niqob taqish va o‘quvchilardan COVID-19’ga test olish tavsiya etiladi, lekin bu majburiy emas. Mamlakatda koronavirus bo‘yicha xavf darajasi pasaytirildi.

    Yaqin Sharq mamlakatlarining maktablarida ham ta’lim jarayonlari bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Misol uchun, Iordaniyada maktablar atigi bir oy ishladi va 10-martdan boshlab koronavirus bilan kasallanish ko‘paygani sababli yana yopildi. Bolalar yana qachon maktablarga qaytishi hozircha noma’lum. Yevroittifoq esa Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarini rivojlantirish uchun 7 milliard yevro ajratadi.

    Koronavirusga qarshi emlash avj olgan Isroilda hali barcha maktablar faoliyatini qayta tiklaganicha yo‘q. Lekin hukumat koronavirus ustidan g‘alaba qozonilgani haqida e’lon qildi. Mamlakatda 50 yoshdan oshganlarning kamida 70 foizi emlangan shaharlarda o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchilari an’anaviy ta’limga qaytdi. Ko‘plab shaharlarda o‘quvchilar haftasiga kamida ikki-uch kun darslarga qatnayapti, lekin ba’zi joylarda o‘quvchilar ta’limni to‘liq masofaviy shaklda davom ettirmoqda.

    COVID-19’ning keng tarqalgan hududlaridan biri bo‘lgan Braziliyada maktablar, xususan, davlat ta’lim muassasalarining faoliyati tiklanmagan. Lekin ba’zi shtatlarda xususiy maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mutaxassislar bolalar ta’lim muassasalarining ochilishini tanqid qilmoqda, chunki bu joylarda virus bilan zararlanish xavfi yuqori. Ular shu kabi xatarlardan ogohlantirib, iloji boricha maktablarni uzoqroq muddat ochmaslikka chaqirmoqda. Ma’lumot uchun, Braziliyada Pfizer vaksinasi foydalanish uchun tasdiqlangan.

    Xitoyda koronavirus sababli ta’lim jarayonlari 2020-yilning fevral oyi oxiriga qadar qayta tiklanmadi. To‘garaklar va har qanday qo‘shimcha mashg‘ulotlarning an’anaviy tarzda o‘tilishi taqiqlandi. O‘quvchilar o‘z hududlarida epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin maktablarga va boshqa o‘quv muassasalariga qaytdi. Bu har xil vaqtda ro‘y berdi. Shanxay va Guandunda maktablar aprel oyidan boshlab ochila boshladi, Uxanda esa ular yetti oyga yopildi. Maktablar uzil-kesil 2020-yilning sentabr oyida ochildi. Bu vaqtga kelib mamlakatda koronavirus infeksiyasining sanoqli holatlari ro‘yxatga olingan edi. Ehtiyot choralari hududlardagi vaziyatga qarab ko‘rilgan edi. Avvalroq Xitoyda ko‘rshapalaklarning biomaterialida SARS-CoV-2 virusi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • Sayyohlar uchun to‘liq ochiq bo‘lgan mamlakatlar nomi ma’lum qilindi
    • Koronavirusga qarshi cheklovlar qaysi mamlakatlarda kuchaytirilib, qaysilarida yumshatildi? Koronaxabarlar
    • AQShning Texas va Missisipi shtatlari niqob taqish majburiyatini bekor qildi va tadbirkorlar uchun cheklovlarni olib tashladi

    11.03.2021, 06:06   Izoh (0)   15316
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gavayida suv toshqini sabab uylar va ko‘priklar vayron bo‘ldi (video)

    11.03.2021, 00:58

    Tunis qirg‘oqlari yaqinida ikkita qayiq ag‘darilib, 39 nafar muhojir cho‘kib ketdi

    11.03.2021, 00:27

    Efiopiyada jangarilar cherkovga hujum uyushtirib, 30 ga yaqin odamni o‘ldirdi

    11.03.2021, 00:12

    Armaniston hukumati Bosh shtab boshlig‘i ishdan olinganini e’lon qildi. Shundan keyin prezident Konstitutsiyaviy sudga murojaat qildi

    10.03.2021, 23:47

    Shahzoda Garri va Megan Marklning intervyusi shov-shuvga aylandi. Butun dunyo Britaniya monarxiyasi bu zarbaga qanday dosh berishini muhokama qilmoqda

    10.03.2021, 22:36

    Rossiya hukumati Twitter’ning ishlash tezligini pasaytirdi va uning bloklanishini ham istisno qilmadi

    10.03.2021, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.